D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Tovushning miqdor belgisi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

Tovushning miqdor belgisi deyilganda odatda tovushning cho‘ziqligi nazarda 
tutiladi. Tovushning cho‘ziqligi uning talaffuz qilinishicha, ko‘p vaqt ketgan 
tovushlar cho‘ziq tovushlar deb ataladi. Lekin nutq tovushlari uchun absolyut 
cho‘ziqlikning qimmati yo‘q. chunki nutq tovushlarining qimmati o‘zining tabiiy 
(nisbatan cho‘ziq, nisbatan qisqa) vaqti bilan belgilanadi. Biroq “miqdor belgisi” 
degan iboraning nutq tovushining cho‘ziqliligiga nisbatan shartli ravishda 
qo‘llanilishini unutmaslik kerak. Chunki ayrim tillarda, kam bo‘lsa-da, ma’no ajratish 
uchun xizmat qiluvchi cho‘ziklik ham uchraydi. Bu esa nutq tovushining sifat 
belgisidir. (Bu haqda vokalizm mavzusida batafsil to‘xtalgan) 
Shuni ta’kidlash zarurki, fonologik cho‘ziqlik sifat o‘zgarishiga olib kelsa
fonetik cho‘ziqlik miqdor o‘zgarishiga olib keladi. 
Shunday qilib, ayrim tillarda prinsipial (ma’no ajratuvchi) cho‘ziq tovushlar 
mavjud. Ular shu tilning tabiatiga xos bo‘lgan birlamchi - fonologik cho‘ziq 
tovushlardir. Shuningdek, ikkilamchi – fonetik cho‘ziqlik ham bo‘lib, ular keyingi 
davrda yuzaga kelgan. Bunda tovushning cho‘ziqligi urg‘uga yoki pozitsiyaga 
bog‘liq bo‘ladi. Bunday cho‘ziqlik odatda hamma tillarga xos bo‘lib, nutq jarayonida 
ko‘p uchraydi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, rus tilshunoslari
1
fonetik cho‘ziqlikni 
cho‘ziqlikning asosiy turi deb hisoblaydilar. 
Ma’lum bir tilga xos bo‘lgan nutq tovushlarini hosil qilishga muvofiqlashgan 
nutq apparati artikulyatsion baza deb ataladi. 
Tovush artikulyatsiyasida uch holat bo‘ladi: 
1. Ekskursiya — tovush hosil qilishga o‘tish. 
2. Pauza—tovush chiqarish uchun pauza qilish (to‘xtab olish). 
3. Rekursiya — asl holiga qaytish. 
Artikulyasiyada ikki hodisa juda muhim rol o‘ynaydi: artikulyatsiya o‘rni va 
artikulyatsiya usuli. 
1
Қаранг: Матусевич М.И. современный русский язык. Фонетика. –М., 1976, -С: 30.


57 
Tovush hosil qilishda nutq organlarining ishtirok etgan qismi artikulyatsiya 
o‘rni deyiladi. Tovush hosil qilish paytida ikki organning bir-biri bilan jipslashishi 
yoki jipslashmay, oradan havoning o‘tib ketishi uchun bo‘shliq qolishi artikulyatsiya 
usuli deyiladi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin