59
Lingvistik asarlar (qiyosiy va tarixiy grammatikalar, etimologik lug‘atlar, turli
xil matnlardan namunalar va shu kabilar) ni nashr etganda transliteratsiyadan
foydalanilsa ham, qardosh tillarning
fonetikasi qiyos qilinganda, dialektologik
ishlarda va dialektologiya fanida fonetik transkripsiyadan foydalaniladi. Xalq og‘zaki
ijodiyoti yodgorliklarini nashr etganda
mavjud alfavitdan foydalanilsa, bu
yodgorliklar dialektal qimmatini yo‘qotadi. Shuning uchun ularning talaffuz
xususiyatlarini mumkin qadar saqlash maqsadida fonetik transkripsiya qo‘llanadi.
Demak, mohiyat jihatidan eng aniq transkripsiya fonetik transkripsiyadir. Bu
transkripsiya
umumiy va xususiy fonetika, shu qatori eksperimental fonetika
yutuqlariga asoslanadi. Fonetik transkripsiyaning vazifasi tilda mavjud bo‘lgan
hamma tovushlarni yozuvda aks ettirishdir.
Faqat fonemalarnigina hisobga olish uchun ishlatiladigan
transkripsiya
fonologik transkripsiya deyiladi.
Transliteratsiya. Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma’lum bir matnni
(masalan, arab alifbosida yozilgan eski o‘zbek tili yodgorliklari) nashr etishda shu
yodgorliklarning yozuv sistemasini boshqa til yoki yodgorlik
bosilayotgan xalqning
mavjud yozuv sistemasi orqali ifodalash transliteratsiya deb ataladi. Demak,
transliteratsiya - biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib
ifodalash usulidir. Masalan,
ا
Dostları ilə paylaş: