D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


k - sayoz til orqa, portlovchi tovush.  64  kґ- k



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

k - sayoz til orqa, portlovchi tovush. 


64 
kґ- k dan ko‘ra sayozroq tovush, yumshoq k. 
l -til orqa l. 
- til oldi yumshoq l. 
ng - til orqa burun tovush. 
ngґng dan ko‘ra sayozroq tovush, yumshoq ng. 
ng

- k qo‘shib talaffuz qilinadigan ng tovushi. 
f - lab-lab f. Lab-tish f undoshi uchrab qolsa, alohida izohlash zarur. 
chsh - affrikat (qorishiq) tovush. 
t - qipchoq shevalarida affrikat ch tovushi talaffuzida o‘zini tashkil qilgan 
qismlar t va sh ga ajrab ketadi va shunday talafuz qilinadi. Bunday chog‘da ikki belgi 
orqali (so‘nggisi kichikroq) ifodalanadi. 
x - chuqur til orqa, frikativ (sirg‘aluvchi) tovush. 
xґ- x dan ko‘ra sayozroq, frikativ (sirg‘aluvchi) tovush, yumshoq x. 
q
x
- chuqur til orqa, afrikat qorishiq tovush; q va x fonemalari kam farq 
qiladigan shevalarda uchraydi. 
h- bo‘g‘iz tovushi. Nemis tilidagi sh undoshi kabi talaffuz etiladi. 
Diakritik belgilar va boshqa shartli ifodalar: transkripsiyada asosiy belgilar 
bilan bir qatorda diakritik belgilar ham ishlatiladi. Asosiy belgiga qo‘shilgan 
qo‘shimcha belgi diakritik belgi deyiladi. Bunda transkripsiya uchun tanlangan 
alfavit orqali ifoda qilib bo‘lmasa, boshqa tillar alfavitidan harflar olinadi yoki harflar 
yoniga, ustiga, ostiga, ichiga diakritik belgilar orttiriladi. 
Masalan, til oldi o‘(ɵ)ni til orqa o‘(o)dan farqlash uchun asosiy belgining 
o‘rtasiga qo‘yilgan chiziqcha bilan farqlanadi. Ana shu qo‘yilgan farqlovchi chiziq 
yoki nuqta diakritik belgi sanaladi. 
Transkripsiyada orfografiyada qabul qilingan bayon alomatlari, nuqtalar 
ko‘pincha boshqa ma’nolarda qo‘llanadi. Masalan, bahor so‘zi transkripsiyada ba:hor 
deb yoziladi. Bu so‘zdagi a: dan keyingi ikki nuqta a ning cho‘ziq talaffuz qilinishini 
bildiradi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin