67
Shunday qilib, diafragma, o’pka, bronx va traxeya havo o’tkazuvchi manbalar
ekan. Ulardan o’tgan havo oqimi nutq tovushlarini hosil qilishda harakatlantiruvchi
sifatida xizmat qiladi. Hiqildoq ovoz paydo bo’ladigan manba hisoblanadi. Tomoq,
og’iz va burun bo’shliqlari esa oberton va rezanatortonlar manbaidir. Og’iz
bo’shlig’idagi organlarning siqilishi va bir-biriga yaqinlashuvi natijasida turlicha
shovqinlar hosil bo’ladi.
Ko‘krak qafasi qobirg‘a, o‘pka, kekirdakdan iborat.O‘pkadan chiqqan havo
kekirdak orqali og‘iz bo‘shlig‘iga kelib, turli to‘siqlarga uchraydi.
Tovush paychalari tomoqda kekirdak yuqorisida joylashgan mayda lastik
muskulchalardan iborat. Tovush paychalari unli tovush hosil qilishda harakatga
keladi. Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra undoshlar ham ikkiga bo‘linadi.
Tovush paychalari harakatga kelib taranglashganda va ular oralig‘i bir-biidan
uzoqlashganda, jarangli undoshlar hosil bo‘ladi. Tovush paychalari harakat qilmasa,
jarangsiz undoshlar hosil bo‘ladi.
Kichik til chuqur til orqa va burun tovushlarini hosil qilishda qatnashadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i hajm va shakl jihatdan har xil tusga kira oladi. Bunda til
harakati bilan pastki jag‘ harakati muhim rol o‘ynaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i umuman
tovush hosil qilishda bosh rezanatorlik vazifasini bajaradi.
Til og‘iz bo‘shlig‘idagi eng harakatchan nutq organidir. Tilning harakati va
holatiga ko‘ra unlilar tor, o‘rta va keng fonemalarga bo‘linadi.
Pastki jag‘ harakatchan nutq organlaridan biridir. Uning harakati natijasida
og‘iz bo‘shlig‘i turli hajm va shaklga ega bo‘ladi. Unlilar tasnifida tor, o‘rta, keng
unlilarning farqlanishida tilning ko‘tarilishi va tushish darajasi ham muhim rol
o‘ynaydi.
Tish passiv nutq organidir. Tish til oldi, tish va lab-tish tovushlarini hosil
qilishda ishtirok etadi.
Lab lablashgan tovushlarni, shuningdek, ba’zi portlovchi tovushlarni hosil
qilishda faol ishtirok etadi.
Burun passiv nutq organidir. U tovush hosil qilishda qo‘shimcha rezonans
vazifasini bajaradi. O‘pkadan kekirdak orqali kelayotgan havo oqimining bir qismi
kichik til orqali boshqarilib, burun bo‘shlig‘i yo‘li bilan tashqariga chiqadi, natijada
tovush tembrida qo‘shimchcha ohang hosil bo‘ladi. Lekin bunday vaqtda ham
havoning (ohangning) asosiy qismi asosiy rezonator bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i orqali
tashqariga chiqadi.
Yozuv sistemasida bir nutq tovushining emas, balki nutq tovushlaridan
ikkitasining birikmasini ifodalaydigan ye, yo, yu, ya kabi shakllar kirill yozuvida
qo‘llanadi. Bu shakllar grafema deb ataladi. Grafemalarning birinchi elementi til o‘rta
y undoshi va ikkinchi elementi e, o, u, a unlilarining birisidan iboratdir.
Lotin yozuviga asoslangan yozuvda esa bir tovushni ikki shakl orqali
ifodalanish hodisasi mavjud. Ularni harflar birikmasi deb nomlashadi. Bular: ng, ch,
sh harfiy birikmalaridir. Ng n g harflar birikmasi
yangi, ko‘ngil, dengiz, singil, keling,
Dostları ilə paylaş: