D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Kecha akam Toshkentdan keldi – qachon keldi?  Kecha akam



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

Kecha akam Toshkentdan keldi – qachon keldi? 
Kecha akam Toshkentdan keldi – kim keldi? 
Kecha akam Toshkentdan keldi – qaerdan keldi? 
Ko‘rinadiki, aktual bo‘linishda, ya’ni kommunikativ maqsadning yuzaga 
chiqishida jumla tarkibiy qismlarining shu jumla tarkibidagi o‘rnining o‘zgarishigina 
emas, balki ohangning o‘zgarishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Intonatsiya, uning prosodik elementlari 
Intonatsiya lisoniy faktor sifatida alohida lingvistik ahamiyatga ega. Chunki 
aynan u tufayli nutqda o‘z ifodasini topayotgan sintaktik birliklar turli ma’nolarda 
jilolanadi. Intonatsiya til sistemasida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib, o‘z tarkibiga 
nutqning barcha supersegment birliklarini qamrab oladi. Bular quyidagilar: 
1. Akustik sathda asosiy ovoz chastotasining o‘zgarishiga olib keluvchi tovush 
paychalari tebranish chastotasining o‘zgarishi. Bu komponent frazada tonning 
harakatini anglatib, balandlikning o‘zgarishi sifatida qabul qilinadi va melodika deb 
yuritiladi. 
2. Tovushlarning cho‘zilishiga olib keluvchi artikulyatsiya tezligining 
o‘zgarishi. Bu nutq tempidir. Shu bilan birga, bu komponentni ko‘p holatlarda 
nutqning davriy birlashmasi (organizatsiyasi) deb ham yuritiladi. 
3. Tovush intensivligining o‘zgarishiga olib keluvchi artikulyatsion harakatlar 
kuchining o‘zgarishi. Bu balandlik. 
4. Nutq jarayonida fonatsiyaning to‘xtalishi. Bu pauza sifatida qabul qilinadi. 
5. Urg‘uning barcha turlari. 
6. Ovoz tembri. 
Lekin shuni ta’kidlash lozimki, tilshunoslarning intonatsiyani tashkil etuvchi 
komponentlar haqidagi qarashlari bir xil emas. Xususan, L.V.Bondarko intonatsiyani 
tashkil etuvchi komponentlar sifatida melodika, temp, intensivlik va pauzani 
1
Гак В.Г. Теоретическая грамматика французского языка. Синтаксис. –М.: Высшая школа, 1981. –с.102.


75 
ajratadi
1
. M.I.Matusevich esa melodikani, urg‘uning barcha turlarini, pauzani va ovoz 
tembrini intonatsiyaning tarkibiy qismlari deb baholaydi
2

Shu bilan birgalikda, intonatsion komponentlarning nutq jarayonidagi mavqei 
masalasi ham tortishuvlidir. M.I.Matusevichning fikricha, intonatsiyani tashkil 
etuvchi komponentlar ichida melodika eng asosiysi, yetakchisi hisoblanadi. Melodika 
mazmun (semantika) va sintaksis bilan zich aloqada bo‘lib, har bir tilda o‘ziga xos 
tarzda uning melodik strukturasini tashkil etadi
3

L.V.Bondarko ham intonatsiya tarkibida melodika alohida o‘ringa ega 
ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, jumlaning intonatsion shakllanishida uni 
tashkil etuvchi turli komponentlarning roli turlichadir. Asosiy og‘irlik melodika 
zimmasiga, ya’ni asosiy ton chastotasining o‘zgarishiga tushadi. Shu jihatdan 
jumlaning fonetik xarakteristikasini ifodalovchi intonatsiya teriminining ton 
tushunchasi bilan bog‘liqligi ham bejiz emas
4

N.I.Jinkinning ta’kidlashicha, intonatsiya faqat eshitish orqali ta’riflanadigan 
bo‘lsa, unda ikki hodisani – ovozning ko‘tarilishi va pasayishini kuzatish mumkin. 
Bu ko‘zlanayotgan natijaning qashshoqligidan darak beradi. Aslida intonatsiyaning 
ma’no qirralari boy va rang-barangdir. Intonatsiyani uning asosiy dinamik 
komponenti (urg‘u) va cho‘ziqligi (pauza) asosida aniqlashning xarakterli tomoni 
shundaki, bu tayanch nuqtalarning o‘zgarishi jumla mazmunini o‘zgartirishi yoki 
umuman bema’nolikka olib kelishi mumkin. Masalan, agar Dva dnya yemu kazalis 
novы (Ikki kun unga yangi tuyuldi) jumlasidagi Ikki kun ni unga yangi tuyuldi 
komponenti bilan bog‘laydigan bo‘lsak, u holda yangi kunga tegishli bo‘ladi. Aslida 
esa she’rda boshqa mazmun kuzatiladi: Dva dnya // yemu kazalis novы uedinyonnыe 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin