D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

3
 
Demak, tonning (intonatsiyaning) harakati gaplarni bir-biridan farqlaydi. Turli 
intonatsion konstruksiyalar mustaqil holda turli ma’noli birliklarni, turli tipdagi 
gaplarni farqlash xususiyatiga ega. Masalan, Keling. (Ertaga albatta keling tarzidagi 
maslaxat ma’nosida); Keling? (Nega keling dedingiz degan e’tiroz ma’nosida); 
Keling! (Mehmonni qarshi olish ma’nosida); Keling! (Szni bu yerda hech kim 
kutayotgani yo‘q tarzidagi kesatiq, piching ma’nosida) va h.k. 
1
Брызгунова Е.А. Основные типы интонационных конструкций и их употребление в русском языке. – Русский язык за 
рубежом, 1973, №1, №2.
2
Брызгунова Е.А. О смыслоразличительных возможностях русской интонации. –ВЯ., 1971, №4. с.42.
3
Брызгунова Е.А. О смыслоразличительных возможностях русской интонации. –ВЯ., 1971, №4. с.42.


77 
M.V.Panov Ye.A.Brizgunovaning fikrlarini ma’qullagan holda, u ajratgan 
intonatsion konstruksiyalar “rus intonatsiyasining negizini tashkil etadi”, deb 
baholagan holda, IK – 1 va IK – 3 lar rus tilining intonatsion “minimum minimorum” 
ini tashkil etishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, har bir fraza uch qismdan iborat: 
markazdan oldingi, markaziy va markazdan keyingi qismlar. Frazaning markaziy 
qismi – bu fraza urg‘usi tushgan taktning urg‘uli bo‘g‘inidir. Ungacha bo‘lgan 
qismlar markazdan oldingi, undan keyingi qismlar esa markazdan keyingi qismlar 
sanaladi. Bunda IK – 1 quyidagicha izohlanadi: markazdan oldingi qism o‘rta tonda 
talaffuz qilinadi. Markazda ton o‘rtadan ko‘ra pastroq bo‘ladi va bu holat markazdan 
keyingi qismda ham davom etadi. Buni chizmada quyiga yo‘nalgan strelkalar 
yordamida ifodalanadi: Ahmadjon biznikiga mehmonga kedi.\ (Nikolay prishyol ko 
mne v gosti.\) Azamat ham biznikiga mehmonga kedi.\ (I Boris prishyol ko mne v 
gosti.\) Ya’ni jumla yakunida tonning pasayishi kuzatiladi. Ko‘rinadiki, IK – 1 darak 
gaplar uchun xos. 
IK – 3 ning izohi quyidagicha: markazdan oldingi qism o‘rta tonda talaffuz 
qilinadi. Markaziy qismning boshlanishi undan avvalgi qismga nisbatan kuchliroq. 
Balandlik bo‘g‘in davomida ko‘tarilib boradi. Markazdan keyingi qismda ton 
o‘rtadan pastroqqacha pasayyadi 
Sen bugun kutubxonaga borasan? 
Sen bugun kutubxonaga borasan? 
Sen bugun kutubxonaga borasan? 
Demak, IK – 3 so‘roqni ifodalovchi elementlarsiz shakllangan so‘roq gaplar 
uchun va “vergul intonatsiyasi” uchun xos bo‘lib, eski qoidaga, ya’ni mazmun 
tugallanmadi – ovoz tepaga, mazmun tugallandi – ovoz pastga qoidasiga amal qiladi
1

Haqiqatan, so‘roq gaplar ham, nutqning “vergulgacha” bo‘lgan bo‘lagi ham (bular IK 
– 3) javobni yoki nutqning davomini talab qiladi, “mazmun tugallanmagan”. Nuqta 
(IK – 1) esa mazmun (axborot) uzatishning muayyan qismi tugaganligi haqida 
ma’lumot beradi. 
Frazaning birinchi unlisida melodika ko‘tariladi va u birinchi so‘zning 
urg‘udan keyingi bo‘g‘inida ham davom etadi. Bunda melodik maksimum hosil 
bo‘ladi. Ikkinchi bo‘g‘indan boshlab melodikaning keskin pasayishi kuzatiladi va 
melodik minimumni hosil qiluvchi keyingi bo‘g‘ingacha davom etadi. 
L.V.Bondarkoning fikricha, agar fraza urg‘usi ostida turgan so‘z urg‘uli unlisining 
chastotasi keskin ko‘tariladigan bo‘lsa, bu holatda so‘roq intonatsiyasi vujudga 
keladi
2

Agar frazaning urg‘uli unlisida melodikaning ko‘tarilib pasayuvchi harakati 
kuzatilsa, bunda fraza muayyan emotsional bo‘yoqqa, asosan, ijobiy bo‘yoqqa ega 
bo‘ladi va fraza oxirida melodika darak yoki so‘roq intonatsiyasida bo‘lgani kabi 
pasayib, tugallangan hisoblanadi. Agar bunday pasayish bo‘lmasa, fraza 
tugallanmagan bo‘lib, uni davom ettirish mumkin. Bu holatda frazaning 
boshlanishida urg‘uli unlining balandligi maksimal chastotaga yaqin bo‘ladi, 
tugallanishi esa melodikaning ko‘rib chiqilgan tiplaridan tamoman farq qiladi, ya’ni 
1
Панов М.В. Современный русский язык. Фонетика. –М.: Высшая школа, 1979. –с.86.
2
Бондарко Л.В., Вербицкая Л.А., Гордина М.В. Ўша асар, 120-б. 


78 
melodik cho‘qqi urg‘uli bo‘g‘indan keyingi unliga to‘g‘ri keladi. Urg‘uli unli esa 
ko‘tariluvchi melodika bilan xarakterlanadi. 
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, nutq jarayonida gapning leksik-
grammatik strukturasini o‘zgartirmagan holda, faqat intonatsion vositalar yordamida 
gap mazmunini o‘zgartirish mumkin. Muayyan bir shakl orqali ifodalangan gaplar bir 
o‘rinda oddiy xabar mazmunini, ikkinchi o‘rinda hayrat, uchinchi o‘rinda so‘roq, 
yana bir o‘rinda belgining inkori ma’nolarini anglatishi bilan shakl va mazmun 
o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yuzaga keltiradi. Demak, gap mazmunining tushunilishida 
intonatsiya muhim ahamiyat kasb etadi. 
Urg‘usi turg‘un bo‘lgan tillarda, xususan, o‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning 
oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Bunday holatda urg‘usiz unlilar urg‘u oldi pozitsiyasiga 
ega bo‘ladi va intonatsion markazning o‘rni ham turg‘unlik kasb etadi. Bu esa, 
tabiiyki, intonatsion konturlarning o‘ziga xosligini, betakrorligini ta’minlaydi. 
Shunga qaramay, o‘zbek tilida shunday birliklar borki, ular o‘ziga urg‘u olmaydi. 
Shu o‘rinda e’tirof etish kerakki, o‘zbek tilshunosligida o‘zbek tilining intonatsion 
xususiyatlari keng monografik planda tadqiq ob’ekti bo‘lgan emas. Bu masalaga 
o‘zbek tilining ayrim muammolarini, xususan, so‘zlashuv nutqi xususiyatlarini, 
gapning kommunikativ aspektini yoritish jarayonida yo‘l-yo‘lakay e’tibor qaratilgan. 
Bu esa ushbu masala o‘zbek tilshunosligida o‘z yechimini kutayotgan yana bir 
dolzarb muammolardan biri ekanligini ko‘rsatadi. 
O‘zbek so‘zlashuv nutqini o‘rganish jarayonida B.O‘rinboev so‘zlashuv 
nutqining intonatsion xususiyatlariga e’tibor qaratadi. Uning ta’kidlashicha, 
so‘zlashuv nutqi og‘zaki nutq bo‘lganligi uchun unda intonatsiya muhim rol 
o‘ynaydi. So‘zlashuv nutqi uchun bir tekis ritmik-intonatsion oqim xarakterli emas. 
So‘zlashuv nutqi intonatsion nuqtai nazardan «chopayotgan», «sakrayotgan» kabi 
tuyuladi. Uning bunday stixiyaliligi, intonatsion shakllanmaganligi nutqning 
tabiiyligini ko‘rsatuvchi omildir. Shuning uchun gapning ko‘zlangan maqsadga ko‘ra, 
emotsionallikka, modallikka ko‘ra turlari ko‘p jihatdan intonatsion farqlarga qarab 
belgilanadi. 
B.O‘rinboev intonatsiyaning quyidagi turlarini ajratadi: 
1. Grammatik yoki sintaktik-sintagmatik intonatsiya. Bu, odatda, sintaktik 
bo‘linishning, mazmunning boshqaligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Bu xil 
intonatsiya gaplarni sintaktik bo‘laklarga ajratishda va so‘z tarkibida aniq ko‘rinadi. 
Masalan: Katta mevali daraxt (mevasi katta). Katta mevali daraxt (daraxt katta). Yigit 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin