91
moddiylashtirishda ishtirok etgan tovushlar bir xil, lekin ularning joylashish tartibi
har xil. Tovushlarning ana shunday turlicha joylashish
belgisi yuqoridagi lisoniy
birliklar o‘rtasidagi farqlovchi belgi vazifasini bajaradi.
Ayrim hollarda lisoniy birliklarning moddiy tomonini shakllantirgan shunday
tovushlar tartibi muayyan sabablarga ko‘ra almashinishi, lekin bu almashinish
ma’noga ta’sir etmasligi mumkin. Demak, bunday vaqtda tovushlar tartibi lisoniy
birlikning farqlovchi belgisizlik vazifasini yo‘qotadi. Natijada
bir lisoniy birlikning
turli variantlari vujudga keladi. Masalan,
to‘g‘ra-to‘rg‘a, kiprik-kirpik, sirpanchiq-
sipranchiq kabi.
Ayrim hollarda o‘zak morfemaning ikki xil shakliy variantiga affiks
morfemaning ikki xil shakliy varianti qo‘shilishidan bir so‘zning ikki shakliy varianti
vujudga keladi. Masalan, yig‘i va sig‘i morfemalarining birinchisiga otdan fe’l
yasovchi morfemaning -la varianti, ikkinchisiga esa -ta varianti qo‘shiladi.
Natijada
bir mohiyatning ikki shakliy varianti vujudga keladi:
yig‘la-siqta. Keyinchalik bu
variantlar ma’no darajalanishi farqlovchi belgisi asosida bir umumiy arxisema
asosida birlashuvchi ikkita leksema bo‘lib ajralib chiqqan.
Xuddi shuningdek, sur allomorfiga -ga va -da (-la morfemasining variantlari)
allomorflarining qo‘shilishidan surga va surda leksema variantlari vujudga keladi va
ikkinchisida rd tovushlarining o‘rin almashinishidan shu leksemaning sudra varianti
paydo bo‘ladi.
4. So‘z tarkibida soddalashish hodisasining ro‘y berishi o‘zak morfemaning
variantlanishiga olib keladi. Xususan, o‘zak morfemaga qo‘shilgan grammatik ma’no
ifodalovchi morfemalarning funksional almashinishi ham o‘zak
morfemaning turli
shakliy variantlari vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Xususan, nisbat paradigmasiga
birlashgan shakllarining biri o‘rnida ikkinchisining funksional almashinuvi davrlar
o‘tishi bilan ular o‘rtasidagi farqlovchi belgilar yo‘qolishiga, zidlanuvchi a’zolarning
neytrallashuviga va neytrallashgan nisbat shakllarining o‘zak morfema tarkibiga
singib, yaxlit bir morfemaga aylanib ketishiga olib keladi. Masalan, uyalmoq va
uyatmoq leksemalarining asos qismi uyal va uyat bugungi
kun nuqtai nazaridan bir
leksik morfemaning ikki shakliy varianti sanaladi. Har ikki variant hozirgi o‘zbek tili
nuqtai nazaridan boshqa mayda qismlarga bo‘linmaydi. Ya’ni
uya va
l,
uya va
t
qismlariga ajralmaydi. Demak, bir o‘zak morfemaning uyal va uyat variantlari
soddalashish hodisasi tufayli tarixan ikki morfemadan tashkil topgan. Birinchi
morfema (uya)ning mustaqil leksik morfema sifatida iste’moldan chiqishi affiks
morfemaning leksik morfema tarkibiga singib ketishiga – soddalashuviga
1
zamin
yaratgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, leksik morfemaga qo‘shilgan
affiks morfemalar
tarixan ikki xil nisbat (o‘zlik va orttirma) nisbat shakllari bo‘lib, ular o‘rtasida
neytrallashuv ro‘y bergan. Shuning uchun bir xil qurshovda ma’noga ta’sir etmagan
holda o‘zaro erkin almashinish distributsiya munosabatida bo‘lgan. O‘zaro erkin
almashinish distributsiyasi munosabatida bo‘lgan birliklar esa bir invariantning turli
variantlari bo‘ladi.
2
1
Ғуломов А., Тихонов А.Н., Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг морфем луғати. Тошкент: Ўќитувчи, 1977.
2
Глисон Г. Введение в дескриптивную лингвистику. -М.,1959. -С.15.
92
Garchi hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan uyal va uyat bitta morfemaning
ikkita varianti sanalib, boshqa mayda ma’noli qismlarga bo‘linish xususiyatini
yo‘qotgan bo‘lsa ham, lekin bu leksik morfema variantlarining oxirgi tovushi -l va (-
t) nisbat ma’nosini ham saqlab qolgan. Shuning uchun bu variantlar uyalish holatini
ifodalashi bilan birgalikda sub’ektning shunday holatga tushishi ma’nosini ham
ifodalaydi. Bundan ko‘rinadiki, tarixan ikki morfemaning ma’nosi
saqlanib qolgan
holda, soddalashish faqat ularning shakliga daxldor bo‘lgan.
Shunday qilib, turkiy tillarda so‘z morfemik tuzilishida garchi agglyutinatsiya
yetakchilik qilsa ham, ayrim hollarda fuziya holatlari ham ko‘zga tashlanadi.
So‘zlarning o‘zak morfemasida fuziyaning ro‘y berishi leksik morfemaning
variantlanish darajasining ko‘payishiga olib keladi.
Turkiy tillarning aglyutinativ tabiati barchaga ma’lum. Aglyutinatsiyaning
fuziyadan muhim farqlovchi belgilari sifatida har bir grammatik ma’noning alohida-
alohida shakllar yoRdamida ifoda-lanishi, grammatik ma’noni ifodalovchi grammatik
shakllarning ko‘payishi bilan so‘zning chapdan o‘ngga qarab cho‘zilib borishi, leksik
va grammatik morfemalarning bir-biriga qo‘shilish chokining ajralib turishi,
shuningdek, grammatik shakllarning qo‘shilishi o‘zak
morfema-ning fonetik
tuzilishini o‘zgartirmasligi kabi belgilar ta’kidlanadi.
Shunday qilib, turkiy tillarda so‘z morfemik tuzilishida garchi agglyutinatsiya
yetakchilik qilsa ham, ayrim hollarda fuziya holatlari ham ko‘zga tashlanadi.
So‘zlarning o‘zak morfemasida fuziyaning ro‘y berishi leksik morfemaning
variantlanish darajasining ko‘payishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: