D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

Akkomodatsiya-(muvofiqlashuv). Yonma-yon kelgan undosh va unli 
tovushlar artikulyasiyasining bir-biriga uyg‘unlashuvi; i—u, k—g; kiyik, sigir, 
bugun, gul. i—u, q —k; qiyin, g‘ujum, g‘ijim. 
Apokopa. So‘z o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshnig tushishi; do‘st-do‘s, 
xursand-xursan kabi. 
O‘zbek tilidagi bu fonetik jarayonlar nutqning qulayligi hamda tejamkorligi 
uchun hizmat qiladi. 
Savollar 
1. Fonemalarning sintakmatik munosabati haqida nimani bilasiz? 
2. Tovush o‘zgarishi va almashinuvini farqlab bering. 
3. Unlilar reduksiyasini izohlang.
4. Singarmonizm ta’siridagi o‘zgarishlar qaysilar? 
5. Assimilyativ o‘zgarishlarni tushuntiring. 
6. Metateza qanday o‘zgarish? 
7. Fonetik moslashtirish haqida so‘zlang. 
8. Eliziya va sinerezis farqini aytib bering. 
9. Aferezis va eliziya farqini izohlang. 
10. Fuziya hodisasini tushuntiring. 
Tayanch termin va iboralar 
Singarmonizm, 
unlilar 
reduksiyasi, 
assimilyatsiya, 
metateza, 
fonetik 
moslashtirish, eliziya, aferezis, sinerezis, dissimilyatsiya, fuziya, akkomodatsiya, 
apokopa. 


93 
 
OZBEK TILIDA SINGARMONIZM TA’SIRIDA OZGARISHLAR 
 
Reja: 
1. Singarmonizm hodisasi. 
2. Singarmonizmning undoshlarga ta’siri. 
3. Singarmonizmning morfologiyaga ta’siri 
O‘zbek tilida singarmonizm ta’siridagi o‘zgarishlar. (Buni bilishingiz 
shart). Tilshunoslikka oid adabiyotlarda singarmonizmni unlilarning moslashuvi, 
ohangdoshligi, 
uyg‘unligi 
(garmoniyasi) 
deb 
ta’rif 
beriladi. 
Ammo 
singarmonizmning asosiy vazifasi so‘zning chegarasini ko‘rsatishdir. Singarmonizm 
hodisasi faqat turkiy tillardagina uchraydi. 
Singarmonizmning ikki xil turi bor: 1) tanglay garmonisi yoki palatal 
garmoniya; 2) lab garmoniyasi yoki labial garmoniya. 
Tanglay garmoniyasi singarmonizmning asosiy turi hisoblanadi. Palatal 
garmoniya so‘zining asl ma’nosi til garmoniyasi demakdir. Tanglay garmoniyasida 
unlilar yumshoqlik yoki qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga 
moslashadi. Singarmonizmning tanglay garmoniyasi qonuniga binoan so‘zning 
boshida (o‘zakda) til oldi unlisi kelsa, so‘z o‘rtasida va oxirida ham til oldi unlisi 
keladi. So‘z boshida (o‘zakda) til orqa unli kelsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham til orqa 
unli keladi, ya’ni o‘zakdagi unlilarga affiks (morfema)lardagi unlilarning moslashuvi, 
uyg‘unlashuvi shart. Bu hol o‘z navbatida minglab so‘zlarning talaffuzida 
artikulyatsion qulaylikka olib keladi. Masalan: kelamiz, ketamiz, gullar, temirchilik; 
baramыz, qыshlag‘ыmыz, ortag‘ыmыz, buyrыg‘i kabi. 
Lab garmoniyasida unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo‘ladi. Bunda 
unlilar ham til oldilik va til orqalik, ham lablanish nuqtai nazardan moslashadi. 
So‘zning boshida lablangan til oldi unlisi bo‘lsa, so‘z oxirida ham lablangan til oldi 
unlisi keladi. Bunday moslashishni hozirgi qirg‘iz tilida uchratish mumkin. Masalan: 
qollor, kѳldѳr, bolot, bolvoyt va boshqalar. Lab garmoniyasi o‘zbek tilida butunlay 
uchramaydi. 
Singarmonizm hodisasi, yuqorida ta’kidlanganidek, turkiy tillardan boshqa 
tillarda yo‘q. lekin bu hodisa turkiy tillarning o‘zida ham bir tekisda uchramaydi. 
Masalan, boshqird, yoqut, qirg‘iz tillarida singarmonizmning har ikki turi ham 
mavjud. Turkman tilida esa og‘zaki nutqda asosan lab garmoniyasi uchraydi. 
Ko‘pgina turkiy tillarda singarmonizmning tanglay garmoniyasi saqlangani holda 
labial garmoniya kamroq uchraydi yoki deyarli uchramaydi. Chunonchi, ozarbayjon, 
turkman, tatar, qozoq, uyg‘ur tillarining ayrimlarida lab garmoniyasining elementlari 
bor, xolos. 
Hozirgi o‘zbek tilida va o‘zbek tilining ayrim shahar shevalarida 
singarmonizmning har ikki turi ham deyarli yo‘q, ayrim o‘rinlarda uning qoldiqlari 
uchraydi, xolos. Qolgan bir guruh shevalarda singarmonizmning tanglay garmoniyasi 
ancha izchil uchraydi. o‘zbek tilining ayrim shevalarida esa singarmonizmning 
tanglay garmoniyasi hozirgi kunga qadar to‘la saqlanib qolgan. Bunga qipchoq 
shevalarining deyarli hammasi, o‘g‘uz shevalari va shimoliy o‘zbek shevalari kiradi. 


94 
Eski o‘zbek adabiy tilida esa singarmonizm qonuni ancha izchil va ayrim hollarda 
to‘lig‘icha amal qilgan. 
O‘zbek adabiy tilida ham ba’zan bir bo‘g‘inli so‘zlarning struktur elementlari – 
unli va undosh tovushlar o‘rtasida tovush qatorlari bo‘yicha o‘zaro xoslanish hollari 
ko‘zga tashlanadi. Xususan, GS, SGS strukturali so‘zlarda tovushlar palatal 
garmoniyaga muvofiq birikadi: qil, xil, g‘ish, bil, siz, jil va boshqalar. Ba’zan old va 
orqa qator variantlari ma’no farqlash funktsiyasini ham bajarishi mumkin. Masalan, 
tiq-tik
N.S.Trubetskoy ham turkiy tillardagi unlilar garmoniyasini e’tiborga olgan 
holda, yuqoridagi sakkizta fonologik qimmatga ega bo‘lgan unlilar sistemasi 
mavjudligini va ular faqat birinchi bo‘g‘in uchungina xos ekanligini, keyingi 
bo‘g‘inlar unlisining tembr belgisi o‘zidan oldingi bo‘g‘in unlilar ostida ularga 
muvofiqlashuvini, demakki, tebr oppozitsiyasi neytrallashuvini ta’kidlaydi. 
O‘zbek tili uchun singarmonizm o‘tkinchi hodisa bo‘lganligi uchun, bu tilda 
anglash (pertseptiv) va ajratish (delimitativ) funksiyani leksik urg‘u bajaradi. 
Singarmonizm elementlari esa qadimda amalda bo‘lgan hodisaning qoldig‘i sifatida 
namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilida ayrim affiksal morfemalarning bir necha palatal va 
akustik allomorflari mavjud. Bu allomorflar o‘zak morfemaning fonetik xususiyatiga 
mos holda qo‘llaniladi. Demak, bu hodisa morfonologiyaning o‘rganish ob’ektidir. 
Masalan, jo‘nalish kelishigining –ga, -ka, -qa, -g‘a, -a variantlari mavjud. Ularning 
har qaysisining qo‘llaniladigan shart-sharoitlari mavjud. Shuningdek, chiqish 
kelishigi akustik variantga: -dan, -tan. Ammo bunday xususiyat barcha affikslar 
uchun xos emas. Xususan, jo‘nalish kelishigidan boshqa kelishik formalari palatal 
allomorflarga ega emas. Egalik, ko‘plik affikslari ham old va orqa qator variantlariga 
ega emas. 
Bir qator yasovchi affikslarda ham palatal variantlilik kuzatilishi mumkin. 
Masalan, kichik, qiliq, tepki, suzgich, elak kabi. Ayrim ikki bo‘g‘inli so‘zlar tarkibida 
labial garmoniyaning ham qoldig‘i uchraydi: ulug‘, buyuk, ulush, kunduz, uchqun, 
turg‘un, yugur va boshqalar. Biroq singarmonizmning bu ikki ko‘rinishi ham hozirgi 
o‘zbek tili uchun qadimgi qonuniyatning izidir. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin