Artikulyatsion baza ma’lum bir tilga xos bo‘lgan nutq tovushlarini hosil
qilishga muvofiqlashgan nutq apparati. Tovush artikulyatsiyasida uch holat bo‘ladi:
Ekskursiya tovush artikulsiyasining tovush hosil qilishga o‘tish holati.Pauza tovush
artikulyatsiyasining tovush chiqarish uchun pauza qilish (to‘xtab olish) holati.
Rekursiya artikulyatsion bazaning asl holiga qaytish holati.
Artikulyatsiya usuli - tovush hosil qilish paytida ikki organning bir-biri bilan
jipslashishi yoki jipslashmay, oradan havoning o‘tib ketishi uchun bo‘shliq qolishi.
Artikulyatsiya o‘rni - tovush hosil qilishda nutq organlarining ishtirok etgan
qismi.
Artofroniya (yun. ortos “to‘g‘ri”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1)
ziddiyatsizlik 2) lisoniy birliklarning to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishi. Allofroniyaning (q.)
ziddi.
Assimilyatsiyaturkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida keng tarqalgan hodisa
bo‘lib, nutqning moddiy zanjirida, ya’ni tovushlar ketma-ketligida ma’lum bir
belgiga ko’ra ikkita noo‘xshash undoshning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga
intilishi tufayli o‘xshash undoshga aylantirilishidir. Ko‘rinadiki, muayyan leksema
tarkibida ma’lum belgi asosida zidlanuvchi ikki undosh talaffuz noqulayligini
bartaraf qilish harakati tufayli zidlanish belgisini yo‘qotadi, bir xil undoshlarga
aylanadi. Natijada leksemaning og‘zaki so‘zlashuv varianti – uslubiy varianti
maydonga keladi. Masalan, tarnov- tannov, shirmoy non- shirmonnon, badtar- battar
kabi.
Artofroniya(yun. ortos “to‘g‘ri”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1)
ziddiyatsizlik 2) lisoniy birliklarning to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishi. Allofroniyaning (q.)
ziddi.
98
Bo‘g‘in – fonetik birlik, o‘pkadan chiqayotgan havoning muayyan oraliqda bir
zarb bilan o‘tib ketishi.