D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

Fonetik transkripsiya nutq tovushlarining talaffuz xususiyatlarini aks ettirish 
uchun ishlatiladigan belgilar sistemasi. 
Fonetika – (gr. Phone - tovush) tilning keng ma’noda tovush tuzilishini 
o‘rganuvchi tilshunoslikning bo‘limi. U tovushlar bilan bog’liq bo‘lgan har qanday 
hodisalarni tekshiradi. Shu sababli unga tilning faqat tovush tizimini tekshiruvchi 
bo’lim sifatida qarash noto‘g‘ri. 
Fonologiya – tilshunoslikning alohida bo‘limi bo‘lib, fonemalarning 
farqlovchi belgilarini o‘rganuvchi fan. 
Fonologik tasnifda fonemalar paradigmatik va sintagmatik jihatdan qaraladi. 
Geminatalar –cho‘ziq undoshlar. Geminatalar turkiy tillarda keyingi hodisa 
bo‘lib, ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi: 1) oldingi qisqa undoshning ikkilanishi, 
cho‘zilishi natijasida; 2) sintagmatik munosabatga kirisha-yotgan morfema yoki 
so‘zlar oralig‘idagi yonma-yon kelgan ikki xil undoshning o‘zaro assimilyativ yoki 
dissimilyativ ta’siri natijasida (masalan, siz+ni – sizzi – sizi


99 
Grafema - bir nutq tovushining emas, balki nutq tovushlaridan ikkitasining 
birikmasini ifodalaydigan (e, yo, yu, ya) shakllar. 
Intonema – ohang 
Irrelevant belgi – ikkinchi darajali, qo‘shimcha, chegara belgi. 
Jarangli-jarangsizlik belgisi ham undoshlarning fonologik muhim belgi 
sanaladi. Bu belgi asosida undoshlar o’zaro privativ zidlanishga kirishadi. Jarangli 
undoshlar bunday belgiga ega, markerlangan, jarangsiz undoshlar esa ega emas
markerlanmagandir. 
Jumla – nutqning bir va undan ortiq so‘z vositasida ma’lum fikr ifodalash 
maqsadida hosil qilingan nutq birligi. 
Kenglik va torlik belgisi – unlilarning asosiy belgilaridan bo‘lib, og‘izning 
ochilish darajasiga xos belgi. 
Kombinator varianlar - fonemalarning talaffuzdagi turlari. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin