D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

Savollar 
1. O‘zbek tili fonologiyasining shakllanishida kimlarning xizmati katta bo‘ldi? 
2. A.Abduazizov qanday atamalarni va qanday fonologik tasnifni qo‘llangan? 
3. Fonemalar qanday uch belgiga ko‘ra zidlanadi? 
Tayanch termin va iboralar. 
Fonema, tovush, bo‘g‘in, urg‘u, ohang, fonologiya, variant, majburif variant, 
uslubiy variant, dialektal variant, kombinator variant, pozitsion variant, imkoniyat-
voqelik, mohiyat-hodisa, ottenka, assotsiativ munosabat, sintagmatik, fraza, takt, 
bo‘g‘in, taktema, paradigma, sillabema, emik birliklar, etik birliklar, aksentema, 
intonema, umumiylik va xususiylik. 
 
 
O‘ZBEK TILI VOKALIZMI 
Reja: 
1. 
Unlilarning fonologik muhim belgilari. 
2. 
Unlilarning paradigmatik tavsifi. 
3. 
Unlilarning fonologik nomuhim belgilari. 
4. 
Unli fonemalar tavsifi (xarakteristikasi). 
 
Unlilarning fonologik muhim belgilari. Undosh fonemalarni tasniflashga 
asos bo‘ladigan belgilar bilan unli fonemalarni tasniflashga asos bo‘ladigan belgilar 
bir xil emas. Hatto unli fonemalarni tasniflashda ham tadqiqotchilar unlilarning turli 
xil belgilariga tayanganining guvohi bo‘lamiz. 
O‘zbek tilshunosligidagi adabiyotlarda unlilarning ko‘proq uch belgisiga 
asosan tasnifi uchraydi: 
1) paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra (old qator - orqa qator); 
2) og‘izning ochilish va tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra 
(keng - o‘rta keng - tor); 
3) labning ishtirokiga ko‘ra (lablangan - lablanmagan). 
Unlilarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra tasnifiga hozirgi kunda ikki xil 
yondashuvni ko‘ramiz. Birinchi yondashuvga muvofiq, unlilarning paydo bo‘lish 
o‘rni, to‘g‘rirog‘i, tilning gorizontal harakati e’tirof etiladi. Ikkinchi yondoshuvga 
muvofiq, unlilarning paydo bo‘lish belgisi rad etiladi va shuning uchun ham bu 
belgiga ko‘ra unlilarning tasnifi asossiz hisoblanadi.
1
Unlilarning paydo bo‘lish o‘rnini e’tirof etuvchilarning o‘zlari ham ikki 
guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruh tilshunoslar uch o‘rinni (qator) ajratadilar: til 
oldi (old qator), oraliq (indifferent), til orqa (orqa qator). Ikkinchi guruh tilshunoslar 
esa ikki o‘rinni - til oldi (old qator) va til orqa (orqa qator) ni e’tirof etadilar.
2
1
Умаров Э.Ўзбек тилида тил олди товушлари борми? //Ўзбек тили ва адабиёти.-№ 4,5,6. 1994. –Б.77-80.
2
Решетов В.В. Узбекский язык. I Фонетика. Ташкент: Учпедгиз, 1959. -С. 357.


18 
A.Abduazizov bu ikki guruh tilshunoslarning tasnif asoslariga o‘z 
munosabatini bildiradi.
1
Biroq A.Abduazizov indifferent unlilarning ajralish asosini 
boshqacharoq talqin qiladi. Uning fikricha, indifferent unlilarning ajralish-
ajralmasligi tadqiqot ob’ektiga bog‘liq. V.V.Reshetov Toshkent shevasi talaffuziga 
asoslanib, o‘zbek tilidagi i, u, o‘, a unlilarini oraliq unlilar deb ataydi. U o‘zbek tili 
unlilarining bu fonetik tasnifi rus tili unlilari bilan qiyoslash asosida berilishini 
ta’kidlaydi.
2
Bizning nazarimizda, V.V.Reshetov oraliq (indifferent) unlilar haqida fikr 
yuritganda, o‘zbek tili fonologik sistemasiga diaxron nuqtai nazardan yondashgan. U 
o‘zbek tilining hozirgi Toshkent dialektida qadimgi qator bo‘yicha zidlanuvchi 
unlilarning zidlanish belgisi yo‘qolganligi, oraliq unlilarning hosil bo‘lganligi 
borasida bahs yuritgan. Shuning uchun ham bu unlilarni ikki qatordagi unlilarning 
birlashuvidan – konvergensiyasidan hosil bo‘lgan degan fikr bilan konvergentlar 
nomi ostida birlashtirgan.
3
Xuddi shu fikr prof. F.Abdullaevda ham uchraydi.
4
Shuni ta’kidlash kerakki, turkiy tillarning vokalizmiga bag‘ishlangan barcha 
tadqiqotlarda qator belgisi va lab ishtiroki belgisi unlilarni tasnif qilish uchun 
farqlovchi belgi sifatida qarab kelinadi. 
Faqat E.Umarovgina bunday tasnif asosiga e’tiroz bildiradi. Prof. E.Umarov 
o‘z maqolasida yozadi: “Asrimizning boshida, turkiy yodgorlik-larni nashr qilmoqchi 
bo‘lgan olimlar oldida unli tovushlarni qanday aks ettirish kerak, degan muammo 
paydo bo‘ladi. V.V.Radlov boshchiligidagi bir guruh olimlar turkiy tillarga qattiqlik-
yumshoqlik xos, shuning uchun bu tillardagi unlilarni til oldi, til orqa tovushlariga 
ajratib ko‘rsatish kerak, degan fikrni yoqlab chiqdilar va o‘z ishlarida ana shu 
qoidaga amal qildilar... Xo‘sh, bu taklif turkiy, jumladan, o‘zbek tiliga mos keladimi? 
degan savol tug‘iladi. Bizningcha, bunga hech ikkilanmasdan “yo‘q” deb javob 
berish kerak”.
5
Prof. E.Umarov o‘zbeklar yuqoridagi unlilarni haqiqatan tilning oldida yoki 
orqasida talaffuz qiladilarmi, ya’ni o‘zbeklar tilning oldi yoki orqasi bilan 
gapiradilarmi degan savol qo‘yib, o‘zlari unga hech ikkilanmay “yo‘q” deb javob 
berish kerakligini bayon qiladi. 
Muallif ikkinchi maqolasida unlilarni og‘izning ochilish darajasiga va labning 
ishtirokiga ko‘ra tasnif qilish o‘rinli ekanligini ko‘rsatadi.
6
Shuni ta’kidlash kerakki, turkiy tillar uchun palatal va labial singarmonizmning 
xosligi, palatal garmoniyada unlilar qatorga ko‘ra ohanglashuvi hech kimda e’tiroz 
tug‘dirmaydi. O‘zbek adabiy tilining hozirgi davri uchun garchi singarmonizm amal 
qilmasa-da, lekin o‘zbek shevalarida saqlanib kelayotganligi deyarli barcha 
shevashunos olimlar tomonidan e’tirof etiladi. Shu bilan birga, qatorga ko‘ra 
zidlanishni o‘zida saqlab kelayotgan o‘zbek shevalarida bir o‘rinda qator bo‘yicha 
korrelyatlarning o‘zaro almashinib ma’no farqlashi mavjudligi qatorni unlilar uchun 
1
Абдуазизов А.А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. –Б.36.
2
Абдуазизов А.А. Ўша асар, ўша бет.
3
Решетов В.В. Ўша асар. -С. 116.
4
Абдуллаев Ф.А. Фонетика хорезмских говоров. -Ташкент: Фан, 1967 . -С. 41.
5
Умаров Э. Ўзбек тилида тил олди товушлари борми?//Ўзбек тили ва адабиёти, - № 4,5,6,1994 -Б.77-78
6
Умаров Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилида унлиларни таснифлаш масаласига доир. //Ўзбек тили ва адабиёти. -№2, 1995. –
Б.52-53.


19 
farqlovchi belgi sifatida ajratishga imkon beradi. Masalan, Andijon shevasida o‘t 
(organizm) - Öt (maysa, olov), o‘r (o‘tni o‘rmoq)- Ör (sochni o‘rmoq), Öz (olmosh)- 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin