D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

i, i, y, u, o‘. 
Tilning o‘rta ko‘tarilishidagi unlilar:
e, ө, ŏ, o. 
Tilning past ko‘tarilishidagi unlilar:
ә, ŏo, ə .
4
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilida 15 ta unli ajratilmoqda. 
Fonemalarni ajratishda fonologik muhim va nomuhim belgilari ajratish lozim. 
Artikulyatsion-akustik tamoyil fonema variantlarini belgilash uchun xizmat qiladi. 
Variantlarning akustik-artikulyatsion belgilari aniqlangandan so‘ng, bu belgilar 
variantlarni 
muayyan 
umumiyliklarga 
birlashtirish 
uchun 
xizmat 
qiladi. 
Umumiylikka birlashtirishda artikulyatsion-akustik birliklarning vazifa tomoni bosh 
tamoyil bo‘lib xizmat qiladi. 
A.M.Shcherbak turkiy tillarda uch bosqichli unlilar sistemasi haqida fikr 
yuritar ekan, bunday bosqichli sistema ham aslida ikki bosqichli sistemadan kelib 
chiqqanligini ko‘rsatadi.
5
Yuqorida keltirilgan ozarbayjon, qozoq, o‘zbek tillaridagi yarim keng unli e
bir tomondan keng unlilar bilan, ikkinchi tomondan esa tor unlilar bilan zidlanishga 
1
Абдуазизов А.А. Ўзбек тилининг фонологияси ва морфонологияси. -Б.50-51.; Решетов В.В. Узбекский язык. I. Фонетика. 
Ташкент: Учпедгиз, 1959. -С.357.
2
Миртожиев М.М. Ўзбек тили фонетикаси. Тошкент: Фан, 1991. –Б.20.
3
Миртожиев М.М. Ўша асар. –Б.5. 
4
Миртожиев М.М. Ўша асар. –Б.20.
5
Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. Л.: Наука, 1970. –30.


21 
kirishadi, keng unli bilan zidlanganda tor, tor unli bilan zidlanganda esa keng 
hisoblanadi. 
Bu unlining turkiy tillarda paydo bo‘lishi va uch bosqichli unlilar sistemasining 
hosil bo‘lishi masalasi juda ko‘p turkologlar diqqatini tortgan. Bu masalaga birinchi 
marta O‘rxun-Enasoy yodgorliklarini tadqiq qilish jarayonida V.Tomsen e’tiborini 
qaratgan.
1
Og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra uch bosqichli unlilarning kelib chiqishi 
to‘g‘risidagi turkologlarning fikrlari haqida A.M.Shcherbak batafsil ma’lumot 
bergan.
2
Shuning uchun bu yerda ularning hammasiga to‘xtalib o‘tirish ortiqcha deb 
o‘ylaymiz. A.M.Shcherbakning o‘zi yarim keng unli keng unlidan cho‘ziq - qisqalik 
zidlanishi asosida keyinchalik paydo bo‘lgan degan g‘oyani ilgari suradi. 
Xullas, og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra uch bosqichli unlilar bir qator turkiy 
tillarda uchraydi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, nutq jarayonida bu unlilar 
o‘rtasidagi differensial belgi mo‘’tadillashib, bir unli kabi talaffuz qilinishi mumkin. 
Bunday xususiyat turkiy tillar o‘rtasidagina emas, balki bir turkiy tilning 
dialektal variantlari sifatida ham uchraydi. Masalan, o‘zbek tilida dedim-didim, ikki-
ekki, qilgan edim-qi:gandm, achasi - echs va boshqalar. 
Oraliq bosqich, ya’ni yarim keng unlilar turkiy tillar tarixida keyin paydo 
bo‘lganligi uchun, tor unlilar bilan keng unlilar bir-biriga konkret holda (binar) 
zidlanadi. Lekin bu zidlanish ham nutq jarayonida mo‘’tadillashuvi mumkin. 
Masalan, dadasi - dedici. Bunday a - i variantli-ligi ko‘proq Namangan shevasida 
so‘zning ikkinchi bo‘g‘inida umlaut hodisasi asosida vujudga keladi. 
Shunday qilib, og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra til sathida kenglik, o‘rta 
kenglik, torlik farqlovchi belgilari asosida unli fonemalar ajratilsa ham, lekin nutq 
jarayonida bu belgilar mo‘’tadillashib (neytralizatsiya), o‘rta keng unli keng unlining 
ham, tor unlining ham; tor unli o‘rta keng unlining, o‘rta keng unli tor unlining; keng 
unli tor unlining, tor unli keng unlining o‘rnida qo‘llanib, bir fonemaning pozitsion 
yoki dialektal varianti maqomida ham qo‘llanishi mumkin. 
Nutq jarayonida unlilar artikulyatsion-akustik tomondan turli variantlarda 
talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, til sathida og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra uch 
farqlovchi belgi fonologik qimmatga ega bo‘ladi va unlilar sistemasidan o‘z 
qimmatiga ko‘ra joy oladi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin