68
bosh, tosh kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun
yoziladi.
Orfografik belgilar hech qanday tovushni bildirmaydi, bular ma’lum orfografik
vazifalarnigina bajaradi. Kirill yozuvida orfografik belgilarni ‘, belgilari tashkil qilsa,
lotin yoviga asoslangan o‘zbek yozuvida orfografik belgiga tutuq (‘) belgisi kiradi.
Tutuq belgisi ikki vazifani bajaradi.
Birinchisi,
a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y,
ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi
o‘zlashma so‘zlarda unlidan keyin shu unli tovushning choziqroq aytilishini ifodalash
uchun qo‘yiladi;
mo‘’jiza, mo‘’tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda o‘ unlisi choziqroq
aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi. Ikkinchisi,
in’om, sa’nat, qat’iy, mas’ul kabi
o‘zlashma so‘zlarda unlidan oldin shu unli oldingi
undosh tovushdan ajratib
aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi.
Tutuq belgisi bu asosiy ikki vazifadan tashqari yana
c va
h harflari ikki
tovushni ifodalaganda ularni farqlash uchun ular orasiga qo‘yiladi:
Is'hoq, as'hob
kabi.
Shunday qilib, nutq tovushlarining hosil qilinishi akustik va fiziologik
jarayonning ishtiroki natijasida yuzaga keluvchi murakkab hodisadir. Nutq
protsessida nutq tovushlarining sotsial qimmati (ma’no farqlovchi qimmati) hal
qiluvchi rol o‘ynaydi.
Savollar
1.Qanday organlarga nutq organlari deyiladi?
2.Faol nutq organlarini aytib bering.
3.Nofaol nutq organlari qaysilar?
4. Nutq apparati qanday ishlaydi?
5. Artikulyatsion baza nima?
6. Grafema va harfiy birikmalarni izohlang.
7. Qanday orfografik belgilarni bilasiz?
Dostları ilə paylaş: