D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

ISKANDARNING VASIYATI 
Iskandar Zulqarnayn o‘limi oldidan shunday vasiyat qildi: «Meni 
tobutda so‘nggi yo‘lga kuzatganingizda qo‘limni chiqarib qo‘yinglar, toki 
xalq ko‘rsin: Dunyoni zabt etgan Iskandar u dunyoga quruq qo‘l bilan 
ketmoqda» (30 ta so‘z). 
TOSHKENT SHARQDA RIVOJLANGAN SHAHAR 
Toshkent Sharqda rivojlangan shaharlardan biri bo‘lib, bu yerda har 
yili ijtimoiy taraqqiyot, tinchlik, ekologiya, fan va texnika, madaniyat
san’at va boshqa sohalarga bag‘ishlangan o‘nlab xalqaro anjumanlar, sport 
musobaqalari o‘tkaziladi (29 ta so‘z). 
BADANTARBIYA – SALOMATLIK GAROVI 
Sog‘lom bo‘lishni istagan har qanday inson muntazam ravishda 
badantarbiya bilan, biror bir sport turi bilan shug‘ullanishi lozim (17 ta 
so‘z). 
TA’LIM-TARBIYA 
Ta`lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy 
ish, tajriba bilan bo‘ladi (Farobiy) (14 ta so‘z). 
NAFS 
O‘g‘il so‘radi: 
- Men qaysi paytda aqlli bo‘lishim mumkin? 
- Nafsingga hokim bo‘lganingda! - dedi ustoz (“Maxzan al-ulum”dan) 
(15 ta so‘z). 
KAMTARLIK 
Kim o‘zini osmon tutsa, yer bo‘lajak, o‘zini yer bilganlar esa osmon 
bo‘lajak (Iso alayhissalom) (11 ta so‘z). 


20 
JAZO 
Yomonlik jazosiz qolmaydi. Holbuki, bu illatga ega bo‘lishning 
o‘ziyoq-eng birinchi jazo (Boechi) (11 ta so‘z). 
AQL 
G‘am- qayg‘u ham, huzur-halovat ham aqldandir. Ulug‘vorlik va 
buzulish ham aqldandir (Firdavsiy) (11 ta so‘z). 
TILNI TIYISH 
Ulug‘larimizdan biridan so‘radilar: “Odam bolasining qancha aybi bor 
ekan?” Ul zot javob berdi: “Sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. Biroq 
insonda bir xislat borki, u kishining hamma aybini berkitib turadi. U – tilni 
tiyishdir” (31 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin