22
VATAN YAGONADIR
Vatan ko‘nglimizda bo‘lsa, Alloh ishimizga madadkor bo‘lgay. Vatan
va el manfaati muqaddasdir. Zamonlar o‘taveradi, davrlar o‘zgaraveradi,
ammo Vatan abadiydir. Bu aziz Vatan-barchamizniki. Dunyoda mamlakat
ko‘p, lekin olamda ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakka-yu yagona (
32 ta
so‘z).
VATAN
Vatan arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan ma’noni bildiradi.
U har
birimizning kindik qonimiz to‘kilgan muqaddas dargoh. Inson uchun
Vatan yagonadir.
Vatanning katta-kichigi, boy-kambag‘ali bo‘lmaydi.
Inson uchun undan ulug‘ in’om yoq. Vatandan judolik eng katta
baxtsizlikdir
(S. Otamurotov) (36 ta so‘z).
YER
Yer tabiatning in’omi. U xalqqa noz-u ne’mat beradi. Qish kunlarida
yer miriqib dam oladi. U qor va yomg‘ir namlarini yig‘ib kelgusi yil hosili
uchun asrab turadi. Bahorda yer insonga o‘z bahrini ochadi, saxiy mehrini
sochadi
(Y. Sa’dullayeva) (35 ta so‘z).
IBN SINO
Ota-onasi Ibn Sinoni maktabga berishdi.
Lekin u maktabda
o‘qitiladigan kitoblarni allaqachon o‘qib olgan edi,
shuning uchun u
maktabga bormay qo‘yibdi. Ota-onasi shaharda o‘qisin, deb Buxoroga
ko‘chib kelishibdi... Ibn Sino bora-bora zo‘r tabib bo‘lib ketibdi
(Rivoyatdan)(34 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: