D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
XORAZM 
Xorazm o‘zbek ilm-fani, san’ati va madaniyatining eng qadimgi 
o‘choqlaridandir. Bu tuproqdan yetishib chiqqan Xorazmiy, Beruniy, 
Jaloliddin Manguberdi, Ogahiy kabi allomalarni butun dunyo biladi. 
Xivadagi ajoyib qal’alar, muhtasham binolar va ko‘kka bo‘y cho‘zgan 
minoralar dunyoning boshqa yerida yo‘q (37 ta so‘z). 
YOZ 
Qishdan keyin bahor, bahordan keyin go‘zal yoz keladi. Yozning qoq 
o‘rtasida 22 iyunda yozgi quyosh tutilishi yuz beradi. Endi yoz o‘zining 
haqiqiy kuchini ko‘rsatadi. Kunlar juda isiydi, bolalar suvdan chiqmay 


23 
qolishadi. Ta’til kunlari bolalar maza qilib oromgohlarda dam olishadi (36 
ta so‘z). 
TABIATNING OLIY MAHSULI 
Inson - tabiatning oliy mahsuli. Boshqacha qilib aytganda - farzandi. 
Tabiat marhamatisiz yashay olmas ekanmiz, demak u bizning onamiz. Ha, 
shuning uchun ham ona-tabiatni, uning qushlari, hayvonlari, o‘simliklari 
va boshqa boyliklarini sevishimiz, e’zozlashimiz va ko‘paytirib borishimiz 
kerak (37 ta so‘z). 
DUNYONING BIRINCHI MO‘JIZASI
Bizning zamonamizga qadar yetib kelgan mo‘jizalardan yagonasi va 
ular orasida oldin tilga olinadigani Misrdagi Xeops ehromidir. Bundan 
qariyb 5000 yil muqaddam qurilgan bu inshoot fir’avn va uning zavjasi 
dafn etilgan joy sanaladi (32 ta so‘z). 
DUNYONING IKKINCHI MO‘JIZASI
Hozirgi Iroq o‘rnida bo‘lgan Bobil devorlari dunyoning ikkinchi 
mo‘jizasi hisoblanadi. Ularni miloddan qariyb 600 yil avval mashhur 
podsho Navxudonosorning hukmiga binoan bunyod etganlar. Balandligi 
100 m bo‘lgan, g‘ishtdan terilgan ushbu devorlar hozirda vayronalar 
uyumiga aylanib qolgan (36 ta so‘z). 
 
BOZOR 
Bozor shovqin-suron. Havoda to‘zon buluti. Uzoq-yaqin dalalardan, 
qirlardan qozoqlar biri otda, biri tuyada, biri eshakda, ba’zi kambag‘allar 
yayov kelgan. Boylar, qo‘yfurushlar gerdayib, g‘urur bilan bozorni ot 
ustida oralaydilar. 
Qo‘y bozor. Qo‘y serob. Savdo qizg‘in (34 ta so‘z). 
ZARG‘ALDOQ 
Zarg‘aldoq – juda foydali qush. Ular bog‘ va o‘rmonlar uchun zararli 
bo‘lgan parrandalar yoqtirmaydigan zaharli, sertuk kapalak qurtlari, 
daraxtlarda yashaydigan qo‘ng‘izlar bilan oziqlanadilar.
Zag‘chalar turli zararkunanda hasharot: tillaqo‘ng‘iz, barg qurti va 
boshqalarni qirib, ko‘p foyda keltiradi (35 ta so‘z). 
 
 
 


24 
TOG‘DA TONG 
Tog‘da tong otishini kuzatish juda ajoyib bo‘ladi. Dastlab tog‘ning 
eng baland cho‘qqilari pushti rangda tovlanadi. Bu cho‘qqilar quyoshni 
birinchi bo‘lib kutib oladilar. Keyin quyosh balandroq ko‘tariladi, oqish 
osmon och ko‘kimtir tusga kiradi. Cho‘qqilardagi qorlar jimir-jimir qilib 
yaltiray boshlaydi (38 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin