D. O‘rinbayeva m. Rahimova


DUNYONING BESHINCHI MO‘JIZASI



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

DUNYONING BESHINCHI MO‘JIZASI
Hozirgi Turkiya hududidagi Galikarnas shahrida miloddan avvalgi 
353 yilda vafot etgan podshoh Mavzolning xilxonasi dunyoning beshinchi 
mo‘jizasi bo‘lib qoldi. Inshoot shu qadar dabdabali bo‘lgan va 
hashamatiga yarasha qimmatga tushgan ediki, biz bugun dabdabali 
bezatilgan xilxonalarni mavzoley deb ataymiz (38 ta so‘z). 
 
ERKIN VOHIDOV 
O‘zbekiston xalq shoiri va O‘zbekiston qahramoni Erkin Vohidov 
1936- yil Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 
Shoirning “Tong nafasi”, “Yurak va aql”, “Mening yulduzim”, 
“Lirika”, “Yoshlik zavoli” kabi o‘nlab kitoblari nashr qilingan. “Oltin 
devor” komediyasi hozirgacha teatr sahnasidan tushmadi (38 ta so‘z). 
 
PALOV 
Palov – o‘zbek milliy taomlaridan eng mashhuri, deb bemalol aytish 
mumkin. Uni ba’zan osh deb ham atashadi. To‘ylar, bayramlar, sayllar 
usiz o‘tmaydi. 
Bu taomni har kim turlicha tayyorlaydi, har kim o‘zgacha palovni 
xush ko‘radi. Palovni biz ham juda yaxshi ko‘ramiz (39 ta so‘z). 
O‘ZBEK KURASHI 
Bugungi kunga kelib dunyoning turli burchaklarida jahon miqyosida 
o‘tkaziladigan o‘zbek kurashi musobaqalarida polvon, kurash, yonbosh, 
chala, tanbeh, dakki, halol, g‘irrom kabi bir qancha o‘zbekcha atamalar 
barchaning havasini keltirib, jaranglaydigan bo‘ldi. Biz dunyo miqyosiga 
chiqqan o‘zbek kurashi bilan haqli ravishda faxrlanamiz (40 ta so‘z). 
MILLIY SPORT 
O‘zbek xalqining ota-bobolari qadim zamonlaridan beri ko‘plab sport 
turlari bilan shug‘ullanib kelishgan. Bu sport turlaridan poyga, uloq 


25 
chopish, chavgon, kurash, merganlik, shatranj, tosh ko‘taish, arqon tortish 
kabilar xalq orasida keng tarqalgan (31 ta so‘z).

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin