D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
MUALLIM 
Muallim ko‘z nuri, qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh avlodga 
bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida 
kamol toptirishga bag‘ishlagan zot. Bir so‘z bilan aytganda, Vatanimizning 
ertangi kunining poydevorini yaratayotgan shu azizlarning kundalik va 
oliyjanob mehnatlari oldida ta’zim etsak arziydi (42 ta so‘z). 
3-SINF UCHUN MATNLAR 
MUSTAQILLIK BAYRAMI 
1991-yilning 31-avgustida O`zbekiston Respublikasi mustaqil davlat 
deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan 1-sentabr kuni Mustaqillik bayrami 
sifatida keng nishonlanadi. O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach, 
boy tarixiy merosimizga, milliy qadriyatlar va an’analarga munosabat 
o`zgardi. 
Milliy 
bayramlar 
va 
urf-odatlar 
qayta 
tiklandi. 
Respublikamizdagi barcha qadimiy yodgorliklar qayta tiklandi (45 ta 
so‘z).
 
 


27 
KUCH – BILIMDA 
Xalqimizda «Kuch – bilimda!» degan gap bor. 
Albatta, to‘g‘ri. Bilimsiz odam hech narsaga erisholmaydi, aksincha
hayotda yutqazadi. Ayniqsa, hech narsa o‘qimaydigan, johil kimsalar faqat 
bugunini o‘ylab, hayotdan orqada qoladi. Shu bois, bilim olishga astoydil 
kirishmoq darkor! Orzularga erishishning yagona yo‘li shu (Gazetadan) 
(40 ta so‘z). 
 
QIZLARGA 
Ey hurmatli qizlar! Ey izzatli qarindoshlar! Sizlarga ma’lumdirki, 
go‘zal xulqli qiz bola butun oila uchun ulug‘ boylik va saodatdir. 
O‘qimishli, xulqini tarbiya qilgan qiz bola oltindan qimmatli, injudan 
qadrli bir boylikdirki, bu kabi qizlarning ismlari eng yiroq qarindosh-u 
tanishlarga qadar yetadi. (Rizouddin ibn Faxruddin) (40 ta so‘z). 
 
BOBUR 
Bobur temuriylar sulolasining so‘nggi yirik vakili edi. U tadbirkor va 
jasur lashkarboshi, dono va adolatli hokim, fozil va o‘qimishli inson, 
ajoyib lirik shoir, ilmning turli sohalaridan yaxshigina xabardor bo‘lgan 
yetuk olim edi. Uning «Boburnoma» asari haligacha sharqdagi voqeot 
janrining beqiyos namunasi bo‘lib kelmoqda (F. Sulaymonova) (43 ta 
so‘z). 
 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin