29
KITOB
Insonning
eng
yaxshi
fatzandlari
bolalikdan
kitob
bilan
do‘stlashganlar. Harflarning qo‘shilishidan so‘zlar hosil bo‘ladi. U tor
tuynukdan tushgan nur kabi bolalarning ko‘zlarida yiltillaydi. Kitob yorqin
dunyo, katta hayotga yo‘llovchi eshikdir. Bu eshikni ochib berish uchun
ota-bobolaringiz katta kuch sarflaganlar. Nur sari dadilroq qadam tashlang
(43 ta so‘z).
MEROS
Bir cholning to‘rtta navqiron o‘g‘li bor ekan. Bir kuni chol:
– Men qarib qoldim. Ichingizdan kim aqlli va davlatmand bo‘lsa,
menga merosxo‘r bo‘ladi,– debdi.
Eng katta o‘g‘il qizil yoqut ko‘zli oltin uzugini, ikkinchi o‘g‘il zarbof
choponini, uchinchisi bebaho kamarini ko‘rsatib maqtanibdi. Chol
indamay turgan kenja o‘g‘ilga qarabdi.
– Menda bunday boyliklar yo‘q, lekin mehnatkash qo‘lim, botir
yuragim, aqlli boshim bor, – debdi u.
Uning javobi cholga yoqibdi. Kenja o‘g‘ilga bor merosini qoldirishni
tayinlabdi
(Rivoyat) (70 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: