D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
INSON ODOBI BILAN 
Har bir sohaning o‘z odob me’yorlari mavjud: nutq odobi, kiyinish 
odobi, ovqatlanish odobi. 
Ovqatlanish ham bir madaniyat. Unga ham odobga rioya etish zarur. 
Ovqatga kattalardan oldin qo‘l uzatmaslik, ovqat yeganda chalpillamaslik, 
ovqat paytida gaplashmaslik lozim. 
Biror narsani uzatib yuborishlarini so‘rashdan oldin og‘zingizdagini 
yutub, salfetka yoki sochiqcha bilan og‘zingizni arting. 
Dasturxon atrofida qattiq kulish, baqirib gaplashish ham odobdan 
emas. Taomni qoshiq yoki sanchqi bilan olib yeyish kerak. 
Umuman, ovqatlanayotib ham kishi o‘zining madaniyati darajasini 
namoyish etadi (70 ta so‘z). 
ODOB-AXLOQNING BELGISI - NUTQ 
Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so‘zi, 
nutqidir: suvning mazasi muz bilan, oshning mazasi tuz bilan, odam 
yaxshilig‘i so‘z bilan. So‘zlovchining gapirish ohangi, ko‘z qarashlari, 
butun qiyofasida ham notiqlik aks etadi, bu – so‘z saralashdan kam narsa 
emas. Bilgilki, ahmoqlarga yaxshi javob – sukut. Gapiraman desang, ikki 


30 
holatda – aytmoqchi bo‘lganingni atroflicha o‘ylab olgach yoki bir narsani 
aytish zaruriyati tug‘ilsagina gapir: boshqa paytda indamagan ma’qul. 
Qisqa nutq hamisha serma’no va kuchli ta’sir ko‘rsatish hislatiga ega 
bo‘ladi (73 ta so‘z). 
 
MUSTAQILLIK 
Kurrai zaminning Osiyo qit’asida makon va zamon topgan 
O‘zbekiston Respublikasi o‘tgan asrning 90-yillari boshida 130 yillik 
mustamlakachilik asoratidan qutuldi. Mustaqillik maqomini oldi va 
BMTning teng huquqli sub’ektiga aylandi. 
1992-yil 2-mart kuni 166-raqamli O‘zbekiston bayrog‘i BMTning 
Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi binosida erkin va mag‘rur xilpiray 
boshladi! (43 ta so‘z). 
QO‘RQOQ 
Odam o`z qilmishini oqlash uchun bir sababdan boshqa har qanday 
sababni topadi, o`z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har 
qanday bahonani topadi, o`z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa 
har qanday vaqtni topadi-yu, faqat o`zining qo`rqoqligini o`ylamaydi (40 
ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin