D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

4-SINF UCHUN MATNLAR 
VATAN 
Vatan! Ne-ne aziz insonlar voyaga yetgan, uning porloq istiqboli, fazl-
u kamoli uchun jon fido etgan zamin. El borki, Vatan bor. Vatan borki, el 
bor. Elsiz vatan biyobon, Vatansiz el - darbadar. Shuning uchun ham, el 
qadri bilan yashagan kishilarni vatanparvar deya ardoqlaganlar. 
Jonajon yurtimizni mustaqil Vatan deb ataymiz. Bu ko‘hna diyor 
torlarini shundayin chertib yubordiki, endi uning sehrli va fusunkor 
sarhadlari dunyo mamlakatlari ko‘z o‘ngida O‘zbekiston nomi ila 
namoyon 
bo‘lmoqda. 
Bugun 
biz 
istiqbolimizni, 
erkinligimizni, 
mustaqilligimizni sharaflaymiz, qo‘shiqlarda kuylaymiz (79 ta so‘z). 
 
DUO 
Amir Temur o‘g‘lini Tabrizdan Samarqandga jo‘natayotganda 
shunday nasihat qilgan edi: «El-yurtning mushkulin oson qilgin, adolatli 
yo‘l tutgin, savob ishlar qilib, ko‘pchilikning duosini olgin!» 
Shohruh Mirzo Sirdaryoning chap tomonidagi suvsiz cho‘lda qiynalib 
yashayotgan aholining arz-u dodini eshitganda, shu nasihatlar yodiga 
tushdi va Gavharshodbegimga dedi: «Sardoba qurdirsakmikin?» 
Gavharshodbegim Zarafshon daryosidan chiqarilgan Darg‘om 
anhorini uning yodiga soldi va shunday dedi: «Sirdaryoning suvi 
Zarafshonnikidan ham ko‘p, amirzodam. Agar undan Darg‘omga 
o‘xshagan shohariq chiqarilsa, qancha suvsiz joylar obod bo‘lardi, qancha 
odamlar sizni duo qilardi?» (P.Qodirov)(79 ta so‘z). 
 
HAR KUNING SAMARALI BO‘LSIN 
Avvallari darslardan bo‘sh paytim ko‘proq bekorchilik bilan o‘tardi. 
Ertadan kechgacha o‘yin bilan mashg‘ul edim. Biror ish bilan jiddiy 
shug‘ullanmaganman. 
Murabbiylarim bunga befarq bo‘lishmadi. Sinf rahbarimiz G‘afura 
opa bir necha bor vaqtning qadri haqida kuyunib gapirganlari, meni biror 
mashg‘ulotni tanlashga chaqirganlaridan keyin o‘ylanib qoldim... 


33 
Hozir bir daqiqa vaqtni ham zoye ketkazmayapman. Darslarga puxta 
tayyorlanish ko‘p vaqt talab qilsa ham, sport bilan shug‘ullanishga vaqt 
topaman. Har kunim ertadan kechgacha rejalangan. Litsey, stadion, 
darslar, mashg‘ulotlar... 
Vaqting ketdi - naqding ketdi (77 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin