D. O‘rinbayeva m. Rahimova


VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR 
Hadislarda keltirilishicha, Vatanni sevmoq iymondandir. Bu 
vatanparvarlikning ham milliy, ham umuminsoniy jihatlaridir. Vatanni 
sevish deganda, o‘z xalqining tarixini yaxshi bilish va u bilan faxrlanish 
tushuniladi. Qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan boy 
moddiy meroslarni ko‘z qorachig‘iday asrash har bir insonning burchi. 
Go‘zal urf-odati, rasm-rusmi va udumlarini qadrlay bilish, ularni davom 
ettirish, milliy adabiyot, musiqa, me’morchilik va barcha an'analardan 
rohatlanish, ularni asrash va rivojlantirish, ulug‘ siymolarning ishlari va 
ma’naviy merosi, xalqning boy tili va madaniyati bilan faxrlanish lozim 
(77 ta so‘z). 
 
GULBADANBEGIM 
Gulbadanbegim Zahiriddin Muhammad Boburning qizi bo‘lib, u 
1523-yili Qobulda tug‘ilgan. Onasi Dildorbegim temuriy Sulton Mahmud 
Mirzoning qizi bo‘lgan. Otasining farmoniga ko‘ra u katta onasi, ya’ni 
Humoyun Mirzoning onasi Mohimbegim qo‘lida tarbiyalangan.
Gulbadanbegim zamonasining oqila, donishmand ayollaridan edi. 
Akbarshohning taklifi bilan “Humoyunnoma” - ajoyib va muhim tarixiy 
asarni yozgan. “Humoyunnoma” Bobur va Humoyun podshohlarning 
hayoti va sarguzashtlarining qisqacha tarixi bo‘lib, “Boburnoma”ning 
mantiqiy davomidir. “Akbarnoma”ning muallifi Abul Hazlning 
yozishicha, Gulbadanbegim 1603-yilda 80 yoshida vafot etgan (73 ta 
so‘z). 
 
SEVIMLI DARSIM 
Men kichkinaligimdan o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqaman. Bolalar 
bog‘chasida o‘zbek guruhida tarbiyalanganim uchunmi, uni o‘rganish 
menga qiyin emas. 
Litseyimizda o‘zbek tilidan Ozoda opa Yusufjonova dars beradilar. 
Ustozimiz o‘z ishlarini va biz shogirdlarini juda yaxshi ko‘radilar. Har 
bitta darsda biror yangilik qiladilar, shuning uchun ham ularning darslarini 


34 
qiziqib tinglaymiz. Ustozimiz bizga o‘zbek tilinigina emas, balki o‘zbek 
urf-odatlari, an’analarini ham o‘rgatadilar.
O‘zbek tili xonasi kompyuter bilan jihozlangan. Kompyuter 
yordamida til o‘rganish juda qulay. Shuning uchun ham o‘zbek tilidan 
barchamiz yaxshi va a’lo baholar olamiz (80 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin