D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
MEHNAT 
Bir bog‘bonning uch o‘g‘li bor edi. Uchalasi ham yalqov va dangasa 
edilar. Bog‘bon bir kuni kasal bo‘lib yotib qoldi. O‘g‘illarini chaqirib: 
«Tokzorning ichiga bir ko‘za oltin ko‘mib qo‘yganman. Mendan keyin 
o‘zingiz kovlab, topib, bo‘lishib olarsizlar», – dedi va bir necha kundan 
so‘ng vafot etdi. 
O‘g‘illari oltin izlab bog‘ni ag‘dar-to‘ntar qilib chiqdilar. Lekin hech 
narsa topa olmadilar. Biroq shu yili mevalari shu darajada serhosil 
bo‘ldiki, cho‘ntaklari pulga to‘ldi. 
So‘ngra o‘g‘lonlar angladilarki, oltin yerda emas, mehnatda ekan 
(Rivoyat) (74 ta so‘z). 
 
TABIATNI ASRAYLIK 
Agar havoda kislorod bo‘lmasa, odam bir daqiqa ham yashay 
olmaydi. Ammo tabiat bunga yo‘l qo‘ymaydi. U o‘pkamiz uchun hamisha 
kerakli miqdorda toza havo yetkazib beradi. Agar suv bo‘lmasa, hayot 
bo‘lmas edi. Lekin g‘amxo‘r tabiatning shu kungacha insonni suvsiz 
qoldirgan hollari bo‘lgan emas. Quyosh bo‘lmasa, hayot to‘xtab qolgan 
bo‘lar edi. Ammo tabiatning buyuk qonuniga bo‘ysungan Quyosh har 
doim erta tongda chiqib, tirik mavjudotga xizmat qiladi. 
Inson - tabiatning oliy mahsuli. Tabiat marhamatisiz yashay olmas 
ekanmiz, demak u bizning onamiz (78 ta so‘z). 
USTOZ 
Ustoz-muallim! U fidoyi inson. Ustoz ulug‘ zot! Bu so‘z mag‘rur 
jaranglaydi. Shu birgina so‘z zaminida olam-olam ma'no, olam-olam 
mehnat bor! O‘qituvchi sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, axloqiy pok 
insondir. Ularni har qancha ardoqlasak ham oz, chunki butun kuchlarini, 
aql idrokini, bilim va zehnini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkash 
insonlardir. 
Ustoz qator-qator shogirdlarni tarbiyalar ekan, albatta shogirdining 
kamolotini ko‘rib ko‘zi quvonadi. Shogirdlariga oq yo‘1 tilaydi. Har 


35 
qadamda shogirdlariga yordam qo‘lini cho‘zadi. Shogird ham ustozi izidan 
borib, yetuk inson bo‘lib yetishishga harakat qiladi (79 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin