40
IKKI YORTI BIR BUTUN
Rivoyat qilishlaricha, bir ko‘r kishi bilan cho‘loq kishi katta suv
yoqasida ko‘rishibdilar. Suv ustiga tashlangan yog‘ochdan o‘tishlari lozim
edi. Shunda cho‘loq aytibdi: «Eh, birodar, men qanday o‘taman,
o‘tolmayman, chunki oyog‘im yaramaydi». Ko‘r: «Agar ko‘zim bo‘lsa edi,
o‘tardim», – dedi. Biror tadbir topishlari yoki birovdan yordam so‘rashlari
kerak edi. Ikkalalari o‘tirib, biroz o‘yladilar. Shunda cho‘loq dedi:
«Bo‘lmasa? Kel bundoq qilamiz, sen meni orqangga opichlab ol, senga
yo‘l ko‘rsatib boraman. Oyoq qo‘yadigan yeringni ko‘rsatib turay.
Shunday qilsak, ikkimiz ham o‘tib ketamiz». Shunday qilib, bir-birlarining
yordami bilan ikki yorti bir butun bo‘lib, suvdan o‘tdilar. (
90 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: