D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
KOMIL INSON 
Komil inson barcha insonlarning ishonchli kishisi. U qanoatkor va oz 
yemak bilan to‘yadi. Komil kishi g‘oyat sof va jozibali bir ko‘zgu kabi 
bo‘lishi kerakki, shoyad unga qaragan odam o‘z aybu qusurlarini ko‘rib, 
o‘zlari tuzatsinlar. U barcha bilan ulfatdir. Jafolarga sabr etadi, kechiradi, u 
sodda va aldanuvchan, aldanganini bilsa ham bilmagandek bo‘ladi, 
hamishi yaxshilik ustidadir. Haqiqiy inson birovga og‘irligi tushmaydigan 
kishidir, Alloh taolo uchun yaqin farishtalardan ham afzaldir, yumshoq, 
muloyim, soddadir. Hatto soddaligi tufayli uni ahmoq deb hisoblaydilar. 
Do‘stini o‘zidan afzal ko‘radi. Dunyoda boshiga kelgan illatlar tufayli 
faryodu fig‘on chekmaydi (89 ta so’z). 
QANOATSIZ BO‘LMA! 
Bir kishining Ali va Vali ismli ikki o‘g‘li bor edi. Ali qanoatli, Vali 
qanoatsiz edi. Bir kuni otasi bozordan olma olib kelib, bolalarini sinamoq 
uchun chaqirib: «Mana, sizga olma beraman», – dedi. Vali tezlik bilan 
kelib: «Otajon, menga hammasini bering», – dedi. Ali sekingina kelib: 
«Menga bitta olma bersangiz bo‘ladi», – dedi. Otasi Alining qanoatiga 
ofarin o‘qib, quchog‘iga olib, peshonasidan o‘pdi va ikkita olma berdi. 
Ammo Valiga olma bermak qayda, balki: «Qanoatsiz bo‘lma!», - deb 
dakki berdi. 
Qanoat birla qorin to‘ydirarsiz, 
Qanoat bo‘lmasa ko‘p och bo‘lursiz. 
Qanoatsiz kishi bag‘rini dog‘lar, 
Qanoatlik kishi og‘zini yog‘lar. (Abdulla Avloniy) (92 ta so‘z). 
 


41 
DUONUNG QUDRATI 
Qadim zamonda kushoniylar davlatida pahlavon Shukriolloh ismli 
sarkarda yashagan va uning dovrug‘i ellarda doston ekan. Sarkarda jangga 
sovut-dubulg‘asiz, qalqonsiz kirar hamda bu jangda uning qo‘shini 
hamisha g‘alaba qilar ekan. 
Bir kuni temirchi sarkardaning iltimosiga ko‘ra unga qalqon, sovut 
yasab beribdi va u navbatdagi jangda hammani hayron qoldirib, qalqon, 
sovut kiygan holda qilich bilan paydo bo‘libdi. Shunda atrofdagilar 
ajablanib: «– Ey sarkarda, bu holda hech jangga kirmas edingiz-ku?!» – 
deyishibdi. Sarkarda bir xo‘rsinib javob beribdi: Janglarda meni duo qilib 
turguvchi onaizorim olamdan o‘tdilar. U kishining duolari menga qalqon, 
sovut, dubulg‘a edi. Endi u kishi yo‘qlar...» (92 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin