D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
VASIYAT 
(Hind xalq ertagi) 
Qadim zamonlarda bir kishi bo’lgan ekan. Uning 17 ta tuyasi bor 
ekan. U o’limi oldidan o’g’illarni chaqirib shunday debdi: Katta o’g’lim 
hamma tuyalarning ikkidan bir qismini, o’rtancham uchdan bir qismini
kichik o’g’lim esa to’qqizdan bir qismini olsin. O’g’illari o’ylab o’yiga 
yetisholmasmish, chunki 17 na 2 ga va na 9 ga bo’linar emish. Shunda 
tuyasini yetaklab kelgan bir kishi bu gapni eshitib tuyasini ularning 
tuyalari qatoriga qo’shibdi.
- Hammasi bo’lib 18 ta tuya bo’ldi debdi u. Uning 2 dan bir qismi 9 ta 
bo’ladi deb katta o’g’liga 9 ta tuyani ajratibdi. Shunday qilib tuyaning 
oltovini o’rtancha o’g’ilga, kichigiga 2 ta tuya beribdi. O’zi esa bir 
tuyasini olib yo’liga ravona bo’libdi (108 ta so’z).
BUYUK AJDODLARIMIZ IBRATI 
Buyuk vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy dunyoda algebra 
faniga asos solgan. «Algebra» so‘zi ham Muhammad Xorazmiyning «Al-
kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobola» nomli asaridan olingan. 
Olimning «Al-Xorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fandan abadiy joy 
oldi. 
Buyuk vatandoshimiz o‘zining «Ziji Xorazmiy» asarida boshlang‘ich 
meridian sifatida Arin (hozirgi Hindistondagi Chjayi) shahridan o‘tgan 
meridianni tanlagan. Vatandoshimiz ilgari surgan ana shu Arin g‘oyiasidan 
kelib chiqib, 1410- yilda Analik Petr (Fransiya) o‘zining «Yerning tasviri» 
nomli asarini yozadi. Keyinchalik bu asardan Xristofor Kolumb 
foydalangan. Al-Xorazmiy ilgari surgan Arin g‘oyasiga ko‘ra, Yer 
noksimon ekanligi va yerning Aringa qarama-qarshi tarafida Aringa 
o‘xshash quruqlik borligi ta’kidlanadi. Sodda qilib aytganda, Xristofor 


47 
Kolumb ulug‘ ajdodimiz g‘oyasiga tayanib, Amerika qit’asini kashf etgan. 
(109 ta so’z). 
LUQMONI HAKIMNING O‘Z O‘G‘LIGA NASIHATLAR
Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘liga aytdi: «Qarindosh-urug‘lardan aloqangni 
uzma, o‘ylab ish tut, odamlarni g‘iybat qilma, odamlar yomon ishga bosh 
qo‘shsa, ularga qo‘shilma. Shoshilib ish tutma, boylik deb o‘zingni g‘am-
qayg‘uga tashlama. O‘z qadrini bilmagan odamdan yaxshilik umid qilma. 
O‘tirishlarda o‘z joyingni bil, odamlarning so‘ziga quloq sol, odamlar 
so‘rasa gapir, o‘zingdan ulug‘lar oldiga tushib yurma, odamlar ichida 
boshingni quyi egib o‘tirma, o‘ng-u chapga qarayverma. Mehmonlar 
oldida birovga o‘shqirma, mehmonga esa ish buyurma. Mast va devona 
odamlar bilan hamsuhbat bo‘lma. Bekorchi odamlar bilan ko‘chada 
o‘tirma. 
O‘z foydangni o‘ylab obro‘yingni to‘kma. O‘ziga bino qo‘yuvchi 
takabburlardan bo‘lma. Xusumatdan uzoq bo‘l, jang-u janjaldan qoch. 
Senga ish buyursalar – bajar, va’da qilsang – albatta bajar. Hech kimni 
ranjitma». («Hikmatlar qonuni» dan)(108 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin