D. O‘rinbayeva m. Rahimova


SHARQ MUTAFFAKIRLARI XAZINASIDAN



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

SHARQ MUTAFFAKIRLARI XAZINASIDAN 
Kishilik tarixi yaratgan ma’naviy boyliklar bisotida sharq 
mutaffakirlari pand-nasihati va o’giti faxrli o’rin egallaydi. Asrlar, 
zamonlar kechib me’morlar bino etgan obidalar, fan-san’at va adabiyot 
boyliklari 
boqiy 
qoladi, 
avlodlarga 
hamroh 
bo’ladi. 
Ulug’ 
donishmandlarning 
pand-nasihati, 
o’giti zamirida insonparvarlik, 
xalqparvarlik va ma’rifatparvarlik g’oyasi yotadi. Mehnatga, el-yurtga 
muhabbat, poklik, halollik, to’g’rilik, rostgo’ylik, saxiylik, mehr-shafqat, 
xushmuomalalik kabi ezgu insoniy fazilat va xislatlar targ’ib qilinadi.
Xorazmiy va Forobiy, Ibn Sino va Beruniy, Rudakiy va Firdavsiy, 
Sa’diy va Hofiz, Nizomiy va Hoqoniy, Jomiy va Hiloliy, Navoiy va Bobur 
kabi zotlar jahon madaniyatining ulug’ arboblaridir. Bu arboblar fan, 
san’at, adabiyot bilan birga, axloq-odob masalalariga katta e’tibor berib, 
ibratli hikoya va rivoyat, masal va latifa, hikmat va matallar yaratganlar. 
(110 ta so’z). 
BAHOR 
Odamlarga rizq-nasiba olib kelolgan bunyodkor bahor, senga 
tasadduq! Sening yaratuvchi qudratingga teng keladigan kuch yo‘q yer 


51 
yuzida. Bahor insonga qayta hayot berolmaydi. Lekin bahor insonga eng 
buyuk ne’mat, tuyg‘u hadya qiladi. Qalbida bahor yaratadi. Orzu-umidlari 
g‘uncha ochadi. G‘ayrati jo‘sh uradi. Muhabbat mavjlanadi. Yashashga, 
kurashga har vaqtdagidan o‘zgacharoq ishtiyoq bilan kirishadi. 
Bahor kunlari Navro‘z insoniylik, yaxshilik bayrami bo‘lib keladi. 
Navro‘z kunlari hamma bir-biriga tabassum ulashadi. Mehr-oqibat 
uyqudan uyg‘onadi. Yomon so‘zlar chekinadi. Urush-janjal, gina-qudurat 
unutiladi. 
Avval 
urushganlar 
yarashib 
oladilar. 
Bemorlardan, 
nogironlardan, yolg‘izlardan xabar oladilar. Eronliklar Navro‘z kunlari bir-
birlariga shakar hadya qilishar ekanlar. Demakki, shirinlik – ezgulik, 
yaxshilik! 
Navro‘z kunlari quyosh yerga yaqinlashadi: osmon-u yer 
yorug‘lashadi. 
Bahor insonga sadoqat ko‘rsatadi. Har yili kelib, ko‘zini, qalbini 
yashnatadi. Ne’matlarni kaftida tutadi. Insoniyat saxiylikni, sadoqatni, 
bag‘rikenglikni, yaratuvchanlikni bahordan o‘rgansa, bahordan andoza 
olsa, yarashadi. (120 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin