D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

TA’KIDIY DIKTANT 
Ta’kidiy diktant o‘quvchilarning orfografik qoidalarni ongli 
o‘zlashtirishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bunda eshituv organi orqali qabul 
qilingan taassurotlarga asoslanish bilan birga, so‘z tarkibini, grammatik va 
orfografik qoidalarni yaxshi bilish ham talab etiladi. 
Ta’kidiy diktantda mustahkamlanishi lozim bo‘lgan orfografik yoki 
punktuasion qoida matn o‘qib berilishidan oldin izohlanadi. Masalan, tutiq 
(apostrof) belgisining yozilishini mustahkamlash uchun o‘qituvchi 
dastavval savollar berishi mumkin: 
- Qaysi vaqtlarda tutiq (apostrof) belgisi ishlatiladi? 
- Tutiq (apostrof) belgisining yozilishi va talaffuzidagi muammolar va 
ularning yechimlari haqida gapiring?
- Qanday holatlarda yumshatish belgisi tushirib qoldiriladi? 
Savollarga bsrilgan javoblarni o‘qituvchi umumlashtiradi.
Mustahkamlanishi lozim bo‘lgan orfogramma shu tariqa eslatiladi. 
Masalan: Men Kavkaz manzarasi tasvirlangan albom sotib oldim. Bir 
o‘quvchi gapdagi albom so‘zida l harfidan keyin yumshatish belgisi 
yozganligini, l tovushining yumshoq talaffuz qilinishini aytadi. Sungra 
o‘quvchilar aytilgan gapni yozib, imlosi mustahkamlanayotgan so‘zning 
tagiga chizadilar. 
Bir o‘quvchi gapni o‘qib, topshiriqni izohlaydi. Qolgan o‘quvchilar 
o‘zlari qanday yozganliklarini tekshiradilar, xatosi bo‘lsa tuzatadilar. Men 
va Kavkaz so‘zlarining bosh harf bilan yozilishi ham eslatilishi mumkin. 
Qolgan gaplar ham mana shu tarzda yozdiriladi. 
Ta’kidiy diktantda bir o‘quvchi gapni doskaga, boshqalari esa o‘z 
daftarlariga yozib borishlari ham mumkin. Keyin o‘quvchilar o‘zlari 
yozgan gapni doskadagi yozuv bilan solishtiradilar, boshqacha yozgan 
bo‘lsalar, aytadilar. Doskadagi o‘quvchiga grammatika, orfografiya va 
punktuatsiya qoidalari yuzasidan turli savollar berish mumkin. 


10 
Diktovka qilingan gapni yozdirishdan oldin uni biror o‘quvchiga 
takrorlatish ham maqsadga muvofiqdir. Bu, qisman bo‘lsa ham, 
o‘quvchilar o‘rtasida faollikni oshiradi. 
Ta’kidiy diktantni og‘zaki o‘tkazsa ham bo‘ladi: o‘qituvchi gapni 
adabiy tilning talaffuz shakllariga rioya qilgan holda sekin o‘qiydi, 
o‘quvchilar mustahkamlanayotgan qoidaga mos so‘z yoki so‘z 
birikmalarini ajratadilar. So‘ngra ularning imlosi izohlanadi. Masalan: 
Zulfiyaning onasi “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. 
O‘quvchilar Zulfiyaning so‘zini tanlaydilar. Buni doskaga yozish ham 
mumkin. Keyin imlosi izohlanadn. Ish ana shu xilda davom etadi. 
Ta’kidiy diktantni bir necha qoida yuzasidan o‘tkazish ham mumkin. 
Masalan, otlarda kelishik ko‘shimchalarining yozilishi o‘tib bo‘lingach, 
atoqli otlar, egalik va kelishik qo‘shimchalarining
yozilishi bo‘yicha ana 
shunday diktant o‘tkaziladi. 
Ta’kidiy diktantni yana quyidagicha o‘tkazish mumkin: oldin 
izohlanayotgan orfogramma izohlanadi, keyin matn to‘la yozdiriladi, 
o‘quvchilardan o‘tilgan qoidaga oid so‘zlar, ularnnng yozilishi so‘raladi. 
Diktantning bu turi uchun ko‘proq bog‘lanishli matnlarning tanlangani 
ma’qul. 
Ta’kidiy diktantni 4-5-sinflarda haftada bir marta, 6-sinfda uch haftada 
ikki marta, 7-8-sinflarda ikki haftada bir marta o‘tkazish maqsadga 
muvofiqdir. Shunda ham butun bir darsni unga bag‘ishlash tavsiya 
etilmaydi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin