D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
ILHOM MANBAI 
Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda bir zargar bo‘lgan ekan. 
Kunlardan bir kuni shoh uni saroyga chaqirib, oltindan taxt yasab berishni 
topshiribdi. 
– Ishni qirq kunda bitirasan. Shartim shuki, saroydan bir qadam ham 
jilmaysan, senga hamma narsani muhayyo qilishadi, – debdi shoh. 
Zargar ishga kirishibdi: belgilangan muddatga uch kun vaqt qolibdiki, 
ishning natijasi hech ko‘rinmasmish. Podshoh darg‘azab bo‘libdi. 
– Men taxtni uch kunda bitirib beraman, lekin bitta talabim bor. Ishni 
uyimga olib borib qilaman. Agar oltinni o‘g‘irlaydi deb qo‘rqsang, ayt, 
kuzatib turishsin, – debdi zargar. 


63 
Zargarning talabini qondirishibdi. U uch kun ichida chindan ham 
taxtni bitiribdi. Podshoh hayron qolibdi. 
– Shuncha muddatda qilolmagan ishingni qandoq qilib uch kunda 
bitirding?,– deb so‘rabdi. 
– Saroyda men uchun hamma narsa yetarli edi-yu, lekin ilhom manbai 
bo‘lgan o‘z muhitim yetmay turgan edi, shunung uchun ham ishni bitira 
olmayotgandim, – deb javob beribdi zargar. (O‘. Hoshimov) (130 ta so‘z). 
 
SOVG’A BERISH ODOBI 
Tuhfa to’yga, yangi uyga, tavallud kuniga qarindoshlar, do’stlar yoki 
hamkasblardan sovg’a qilinadi. Tuhfa qilib soat, uy jihozlari, televizor, 
fotoapparat kabilar beriladi. 
Har qanday sovg’a ko’ngildan chiqarib beriladi. Sovg’a bergandan 
so’ng undan qanday foydalanish haqida maslahat berilmaydi. Olib 
borilgan sovg’a haqida maqtanib gapirilmaydi. Sovg’a e’tibor va ochiq 
chehra bilan qabul qilib olinadi. Sovg’a olib kelgan mehmon ham, olib 
kelmagan mehmon ham bir xilda xushmuomalalik bilan kutib olinadi. 
Sovg’aning katta-kichikligiga qarab muomala qilish yaramaydi. 
Sovg’aning suvenir, tuhfa va taqdim turlari mavjud. 
Suvenir so’zi aslida turkcha “sevinur”, so’zidan olingan bo’lib, kishini 
sevintirish uchun tortiq qilinadi. Suvenir sifatida avtoruchka, to’g’nog’ich 
va boshqa bezaklar, qo’g’irchoq yoki o’yinchoq beriladi. 
Taqdim esa ziyofat, mehmondorchilik, tug’ilgan kun munosabati bilan 
beriladi. Ayniqsa ayollarga guldasta yoki atir – upa ko’proq taqdim etiladi 
(121 ta so’z).

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin