73
badiiy va ilmiy asarlar,
filmlar yaratilgan, haykallar o‘rnatilib, muzeylar
tashkil etilgan. Uning tug‘ilganligiga 660 yil to‘lishi munosabati bilan
1996-yil O‘zbekistonda “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Toshkent va
Samarqandda, Shahrisabzda unga mahobatli haykallar o‘rnatilib, muborak
qadamjolari, maqbara va machitlari ta’mirlandi,
ziyoratgoh joylari
ko‘paytirildi
(155 ta so‘z).
YUSUF XOS HOJIB
Yusuf Xos Hojib XI asrda yashab ijod etgan buyuk o‘zbek (turkiy
xalqlar) shoiri hisoblanadi. Yusuf – asl ismi. Aynan «Qutadg‘u bilig»
dostoni zamon hukmdori tahsiniga sazovor bo‘lgani uchun muallifga «xos
hojib», ya’ni eshik og‘asi rasmiy lavozimi berilgan. Shoir uni taxallusiga
qo‘shib olgan. Yusuf hozirgi Qirg‘izistonning Talas vodiysi hududidagi
qadimiy Bolosog‘un shahrida tug‘ilgan. Bolosog‘uniy deyilishi shundan.
Ba’zi manbalarda bu shahar Quzo‘rda deb ham tilga olinadi.
Bizga Yusuf Xos Hojibning birgina «Qutadg‘u bilig»
asari yetib
kelgan. Shoir hayotiga oid ma’lumotlarni ham faqat shu dostondangina
topamiz. Asar hijriy 462, ya’ni milodiy 1069– 1070-yili Qoshg‘arda yozib
tugallangan. Hajmi 6 ming 409 baytdan iborat.
Doston yaratilgan XI asr Qoraxoniylar davlatining eng gullagan davri
edi. Yuqori Chindan Kaspiy dengiziga qadar bo‘lgan juda katta hudud shu
saltanat hukmi ostida bo‘lgan. Qoshg‘ar (ikkinchi nomi O‘rdukent) shu
ulug‘ saltanatning poytaxti edi. Bolosog‘un mamlakatning muhim
markazlaridan biri hisoblanardi.
Yusuf Xos
Hojib dostonini tugallagach, uni zamon hukmdori (elig)
Tavg‘achxon Ulug‘ Bug‘ra Qoraxonga taqdim etadi.
(152 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: