85
XXI asr bo’sag’asida dunyo xaritasida yana bir mustaqil davlat -
O’zbekiston paydo bo’ldi. 31-avgust 1991-yilda
Oliy Kengashning VI
navbatdan tashqari sessiyasida O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilindi.
1992-yil 8-dekabrda Mustaqil O’zbekistonning birinchi Konstitusiyasi
qabul qilindi. Davlat ramzlari - davlat bayrog’i, gerbi tasdiqlandi. Davlat
ramzlari xalqning azaliy orzusi, ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmunini
o’zida
eks ettirib, mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o’zida
mujassamlashtiradi.
Har bir sohada yer yuzining barcha mamlakatlari bilan hamkorlik
kuchaydi. Ta’lim, tibbiyot sohalariga asosiy e’tibor qaratildi.
Xalqaro maydonda turli sohalarda ildam qadam tashladi. Bu yutuqlar
fan va texnika, madaniyat, sport sohasida yaqqol ko’zga tashlandi (
133 ta
so’z).
9-SINF UCHUN MATNLAR
MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY
810-yilda Buxoroda tug‘ilib, 870-yilda Samarqand yaqinidagi
Xartang qishlogi‘da vafot etgan va “Hadis
ilmida musulmonlarning
yetakchisi” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan, hayoti va ijodi alohida
e’tiborga molik buyuk olim, muhaddis, ya’ni hadisshunos mutafakkirdir.
Aql-idroki, o‘tkir zehni va ma’rifatga havasi kuchli bo‘lib,
turli ilm-
fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo‘r qiziqish bilan egallagan. O‘n yoshida
Qur’oni Karimni yod olgan, olimlarning hadis to‘plamlarini mutolaa qilish
va kishilardan eshitish asnosida hadislarni yodlagan, ustozi Shayx Doxiliy
bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg‘in bahslarda qatnashgan.
825-yili o‘n olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Haj
safariga yo‘l oladi, muqaddas shaharlar Makka va Madinada o‘n
olti yil
yashaydi, o‘sha davr ilmiy markazlari - Damashq, Qohira, Basra, Kufa,
Bog‘dod shaharlarida umr kechirib, fiqh (ilohiyat) fani bo‘yicha ham
ta’lim oladi, dars ham beradi. Zamondoshlaridan
birining yozishicha, o‘z
ilmini oshirish maqsadida, al-Buxoriy to‘qsontacha olimdan ta’lim oladi,
o‘z navbatida ko‘pgina shogirdlarga ustozlik qiladi. Imom al-Buxoriy
xulq-atvori, odamoxunligi, muruvvatpeshaligi,
himmati va saxovati bilan
ajralib turgan, zehni o‘tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan
ham xalq orasida g‘oyat mashhur bo‘lgan. Manbalarda al-Buxoriyning 300
mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd etilgan.
Imom al-Buxoriy xorijdan qaytgach, ona yurti Buxoroda ko‘plab
shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg‘ul
bo‘ladi.
86
Hasadgo‘ylarning xatti-harakati
sababli Buxoro amiri bilan
munosabatlari buzilib qoladi va Samarqandga yo‘l olib, shahar yaqinida
joylashgan Xartang qishlog‘ida o‘z shogirdlari davrasida bir oz yashaydi,
og‘ir kasalga chalinadi va vafot etadi (
222 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: