13
ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan nazorat diktantning
ta’limiy ahamiyati ham bor.
Ba’zan nazorat diktant bilan ta’kidiy diktant orasida «
Yarim nazorat
diktant» degan yozma ish o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilarning
darslik va
lug‘atlardan foydalanishlariga ruxsat etiladi. Lekin yozma ishni
baholashda bu holat hisobga olinadi.
O`quvchilarning chorak davomida o`rganilgan mavzular bo`yicha
savodxonliklarini aniqlash maqsadida o`tkaziladi.
KO‘RISHGA ASOSLANGAN DIKTANTLAR
IJODIY DIKTANT
Ijodiy diktant o‘quvchilardan faollik va mustaqillik talab qiladi.
Ijodiy diktantning eng muhim turlari quyidagilar:
1. O‘rganilgan orfogrammalar yordamida g a p t u z i sh. Masalan,
qo‘shma otlarning yozilishini mustahkamlash uchun o‘qituvchi doskaga
bedapoya, Oltinko‘l, muzyorar so‘zlarini yozadi va izohlaydi. Keyin
o‘quvchilar bu so‘zlar ishtirokida gap tuzib,
daftarlariga yozadilar,
qo‘shma ot ostiga chizadilar. Mashqning bu turi oldin og‘zaki o‘tkazilishi
ham mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar tuzgan gaplarning eng yaxshisini
o‘qib beradi. O‘quvchilarning daftarlari ko‘pincha yig‘ib olinib, uyda
tekshiriladi.
Ijodiy diktantning bu turida mustahkamlanayotgan orfogrammaga oid
so‘zlar doskaga yozilmasligi ham mumkin: o‘qituvchi qoidani aytadi,
o‘quvchilar misollar topadilar. Ular doskaga yoziladi.
Keyin ish
yuqoridagidek davom ettiriladi. Bunday (topshiriqni uyga vazifa qilib
berish ham mumkin. Diktantning bu turidan ma’lum qoidalar sistemasini
takrorlashda ham foydalanish mumkin.
2. Mustahkamlanayotgan qoidaga mos b i r qancha so‘zlar beriladi.
O‘quvchilar bu so‘zlar ishtirokida kichik hikoya yozadilar. Masalan,
a va
o
unlilarining yozilishini mustahkamlash uchun o‘qituvchi
mavsum, xo‘jalik,
mehnat, odamlar, traktor, tamom kabi so‘zlarni
doskaga yozadi va shu
so‘zlar ishtirokida «Xo‘jalikda» mavzusida insho yozishni topshiradi. Uni
uyga vazifa qilib berish ham mumkin. Darsda eng yaxshi ishlar namuna
sifatida o‘qittiriladi. Bunda so‘zlarning to‘g‘ri talaffuziga ham e’tibor
berilishi lozim.
3. Berilgan matnni kengaytirish. Masalan, ozaytirma va kuchaytirma
sifatlarning yozilishini mustahkamlash uchun o‘qituvchi
Maktabimiz
bog‘ida gullar ochildi. Tog‘ bag‘rida archalar yashnab turibdi kabi
gaplarni yozuv taxtasi (doska) ga yozadi. Otlar oldiga kuchaytirma
14
sifatlardan mosini topib, matnni kengaytirib ko‘chirish o‘quvchilarga
topshiriladi. O‘quvchilar birinchi gapdagi
gullar so‘zini
qip-qizil, ikkinchi
gapdagi
archa so‘zini
ko‘m-ko‘k so‘zlari
bilan kengaytirib, imlosini
izohlaydilar. Daftarlariga ko‘chirib, sifatlarning ostiga chizadilar. Bunday
ish uyga vazifa qilib berilishi ham mumkin.
Umuman,
ijodiy
diktant
o‘quvchilar
umumiy
bilimining
rivojlanishiga, nutq madaniyatining o‘sishiga ham yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: