D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

SOHIBQIRON AMIR TEMUR 
Sohibqiron Amir Temur ibn Tarag‘ay Muhammad Bahodir 1336-yil 
9-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahrida barlos urug‘ining nufuzli 
begi oilasida tug‘ilgan. U amaldor oilasida tug‘ilganligi tufayli dastlab 
maktabda, so‘ng madrasada o‘qib, o‘z davrining barcha ilmlaridan 
bahramand bo‘lgan. Ayniqsa, Qur’on-u hadislarni, fiqh, falakiyot, 
handasa, riyoziyot, tarix va jug‘rofiya ilmlaridan chuqur xabardor bo‘lgan. 
She’riyat va shatranjni sevgan. Amir Temurni harbiy ta’lim ko‘proq 
qiziqtirgan. O‘rta Osiyoda mo‘g‘illar zulmiga barham bergan Amir Temur 
1370-yili Movarounnahr amiri deb e’lon qilinadi va Samarqand shahri u 
tuzgan yangi davlatning poytaxti bo‘lib qoladi. 
Amir Temur feodal tarqoqlikka barham berib, o‘rta asrlarning eng 
yirik davlatini barpo etdi. Uning ulkan davlati sarhadiga Turon, Eron, 
Rum(Onado‘li), Mag‘rib, Suriya, Misr, Iroqi Arab, Iroqi Ajam, 
Mozandaron, Qeylon, Shirvon, Ozarbayjon, Fors, Xuroson, Jidda, Buyuk 
Tatariston, Xorazm, Xo‘tan, Qobuliston, Boxtar, Zomin, Hindiston, Dashti 


101 
Qipchoq, Oq O‘rda, Gurjiston, Armaniston, Oltin O‘rda - jami 27 
mamlakat kirar edi. 
Amir Temur o‘z davlatini adolat bilan boshqardi. Uning davrida 
mamlakat iqtisodiy jihatdan kuchaydi, fan va madaniyat rivojlandi. Xalq 
hayoti uchun zarur qurilishlar, madrasa ta’limi uning e’tiborida bo‘ldi. U 
o‘zi zabt etgan mamlakatlarning podsholarini yana taxtga o‘tqazgan yoki 
zurriyotidan podsho tayinlagan. Saltanatning tashqi va ichki siyosatida 
noiblar, beklar, umuman amaldorlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatgan (192 
ta so‘z). 
ULUG‘ RASSOM 
Ulug‘ rassom Kamoliddin Behzod 1455-yilda Hirotda hunarmand 
oilasida dunyoga kelgan. Ota-onadan yosh yetim qolgan Kamoliddinni 
Hirotning mashhur musavviri Amir Ruhillo (Mirak Naqqosh) o‘z 
tarbiyasiga oladi. Mirak Naqqosh oilasida har tomonlama ilmli, odobli 
bo‘lib tarbiyalangan Kamoliddin naqqoshlik va miniatyurasozlik san’atini 
ham egallaydi. 
Behzodning buyuk musavvir, naqqosh va miniatyurasoz bo‘lib 
yetishishida muhim omillaridan biri - mutafakkir shoir Alisher Navoiyning 
nazariga tushib, uning homiyligidan bahramand bo‘lganligidir. San’at va 
nafosatga ishtiyoqi nihoyatda kuchli bo‘lgan Behzod g‘oyatda 
mehnatsevarligi, zahmatkashligi, o‘tkir aql-u zakozati tufayli iste’dodi 
kundan-kunga ortib boradi va tez orada Hirotda mashhur musavvir bo‘lib 
taniladi.
Kamoliddin Behzod 1537-yili Hirotda vafot etadi. Hirotliklar uni 
chuqur iztirob va motam bilan Kuhi Muxtor tog‘i yonbag‘riga dafn 
etadilar. 
Kamoliddin Behzod Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, 
Abdurahmon Jomiyning “Salomon va Absol”, Amir Xusrav Dehlaviyning 
“Xamsa”, Sa’diyning “Bo‘ston” va “Guliston”, Nizomiy Ganjaviyning 
“Xamsa”, Abdulloh Xotifiyning “Temurnoma”siga yuzlab miniatyuralar, 
Sulton Husayn Boyqaroning 40 dan ortiq majlislari tasviri, Abdurahmon 
Jomiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Taxmasp, Shoir Abdulloh 
Xotifiylarning 
suratlari, 
“Tuyalar 
jangi”, 
“Darvishlar 
raqsi”, 
“Samarqandda madrasa qurilishi” kabi noyob suratlarni chizib qoldirgan. 
Kamoliddin Behzod nafaqat Sharq xalqlari musavvirchiligi tarixida, 
balki jahon rasm san’ati tarixida, o‘zining ajoyib va qimmatbaho 
miniaturalari bilan butun dunyo madaniyati tarixida katta o‘rin tutgan 
buyuk va zabardast san’atkordir (196 ta so‘z). 


102 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin