106
Biroq ovchi shaharda ularni
qancha parvarish qilmasin, Marjontovning
sersuv, serbuloq yaylovlariga, soylariga, archazorlariga o‘rganib
qolgan
ona kiyik ovchining qafasiga dosh berolmay, tez orada jon taslim qilibdi.
Ovchi qarasa, onasidan ayrilgan yetim ohu ham og‘ziga cho‘p olmay,
kundan-kunga orqaga ketyapti. Rahmi kelib, qayta Marjontovga opkep
qo‘yib yuboribdi. Sal o‘tmay, yetimcha ohuga bir yosh qo‘chqor uchrabdi.
Bir-birini suyib qolishib, tog’dan-toqqa sakrab o‘ynoqlab yurishibdi. Bir
kun ohuginani ko‘rarmikinman deb, boyagi keksa ovchi yana toqqa kepti.
Qarasa, u qo‘yib yuborgan ohugina, yonida yer depsingan yosh qo‘chqor,
tog’dan-tog‘ga sakrashib o‘ynoqlashib yurishgan emish. Ovchi qahri kelib,
qo‘chqorni otib tashlabdi, so‘ng
ohuginani tutib olibdi-da, yana shaharga
olib ketibdi. Bu safar ohuginam yolg’izlikdan ichikmasin deb, ovchi uning
yoniga boshqa bir qo‘chqorni qo‘shib qo‘yibdi. Ammo ohugina tog’da
halok bo‘lgan qo‘chqorini qo‘msabdi, o‘zining tog‘-u-toshlarini, archazor
va yaylovlarini sog‘ininbdi. Oxir oqibat halok bo‘libdi
(170 ta so‘z).
BOBUR VA KABUTAR
Mirzo Bobur yoshligidan yashnkfl bola bo’lib o’sibdi. Kunlardan bir
kun Umarshayx saroy a’yonlari bilan qasrda o’ltirgan ekan,
bir kabutar
uchib kelib, ayvon peshtoqga qo’nibdi-da, ”g’ulu-g’ulu-g’ulu” qilaveribdi.
Umarshayx a’yonlaridan: ”Kabutar ne deydur?” – deb javob berishibdi.
Gapga qo’shilmay bir chekkada jim o’ltirgan Mirzo Bobur: ”Yo’q,
kabutar unday demaydur. U qovun sayliga chaqiradur. Jonivor xushxabar
keltiribdur”, - dedi. Umarshayx kabutarni tutib keltirishni buyuribdi.
Kabutarni tutib kelib, oyog’idagi mis halqani olib qarasa,
ichidan xat
chiqibdi. Xatda: ”Oliy hazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo’l urib bersalar”,
- deb yozilgan emish. Mirzo Boburning gapi to’g’ri chiqqanidan hayratga
tushgan Umarshayx o’g’lidan: ”Bunchalik topqirligingga bois nedir?” –
deb so’rabdi.
Ota, - debdi Bobur, - bu kabutarga e’tibor qilmadingiz. O’tgan yili
qovun sayli xushxabarni xuddi ana shu jonivor xabar qilg’on erdi,
kaminaning ko’zi kabutarning o’ng qanotidagi qora xolga tushgan zahoti
ani tanidi va shu so’zni taxmin etdi”, - deb javob beribdi. Yosh mirzoning
hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx a’yonlariga qarab:
”Qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq lozimdir. Xabar qilinglar, barcha
qovun sayliga otlansin!” – deb
farmoyish beribdi (166 ta so’z).
Dostları ilə paylaş: