D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

1-SINF UCHUN MATNLAR 
 
VATAN 
Vatan uchun o‘lmoq ham sharaf. Vatan qadrini bilmagan o‘z qadrini 
bilmas (14 ta so‘z). 
 
ULKAN SHAHAR 
Toshkent ko‘p millatli ulkan shahar bo‘lib, hozir unda 3 millionga 
yaqin aholi yashaydi. Uning chiroyi kundan-kunga ortib boryapti (18 ta 
so‘z). 
 
SAMARQAND - SANOAT SHAHRI 
Samarqand rivojlangan sanoat shahri. Bu yerda muzlatgichlar, 
liftsozlik, avtomobilsozlik, chinni buyumlar, kino asbob-uskunalari, yirik 
zavodlar, poyabzal, shohi va baxmal to‘qish, trikotaj, galanteriya 
fabrikalari va ko‘plab milliy hunarmandchilik korxonalari mavjud (29 ta 
so‘z). 
 
ROSTGO‘YLIK — BAXT 
Rost so‘zni ayt, Yolg‘on so‘zdan qayt. Rostgo‘ylik — baxt, 
Yolg‘onchi — badbaxt (10 ta so‘z). 
 
YARATISH 
Yangi narsani ko‘rish uchun qandaydir yangi narsa yaratish zarur 
(Lixtenberg) (10 ta so‘z). 
MUKOFOT 
Mashaqqatli mehnat va sabrning albatta mukofoti bo‘ladi. 
Boshqalarga hasad qilib, o‘z ishida sustkashlik qilish esa hech qanday 
yaxshilikka olib kelmaydi (20 ta so‘z).
TUSHUNISH 
Rad etishdan cho‘chimaslik kerak. Boshqa narsadan - seni 
tushunmasliklaridan ehtiyot bo‘lish kerak (Immanuil Kant) (10 ta so‘z). 
 
XATO 
Rivoyat qilishlaricha: “Sinalmagan do‘stga va sinalgan dushmanga 
ishonmoq katta xato” (Xoja) (10 ta so‘z). 


19 
 
HAYVONOT BOG‘I 
Tarixchilarning bayon etishicha, sayyoramizdagi ilk hayvonot bog‘i 
eramizdan avvalgi I asrda Rim imperatori Avgust buyrug‘iga binoan 
tashkil etilgan. Unda yer yuzining turli burchaklaridan keltirilgan 3500 
atrofida jonivor saqlangan (28 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin