26
DONO ODAM
Ulug‘larning aytishicha: Dono odamning hislati uch narsada namoyon
bo‘ladi: birinchisi, boshqalarga bergan maslahatiga o‘zi ham amal qiladi,
ikkinchisi hech qachon haqiqatga qarshi bormaydi va uchinchisi, o‘z
atrofidagi odamlarning nuqsonlariga sabr - toqat bilan chidaydi
(34 ta
so‘z).
VATAN MADHI
Eng go‘zal va dilbar qo‘shiqlar ham Vatan haqidagi qo‘shiqlardir.
Bunday jozibador qo‘shiqlar el-elatlarni birlashtiradi, ularni tinch-totuv va
osoyishta yashashga, Vatanni har jihatdan yuksaltirishga, ko‘z
qorachig‘idek avaylab-asrashga va ko‘ksini qalqon qilib himoya qilishga
da’vat etadi
(34 ta so‘z).
TARBIYA
Tarbiya – boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan
bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqoro etib yetishtirish
uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga
javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak (Islom
Karimov)
(32 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: