D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
YAXSHI NIYAT 
Mashhur olim Benedikt Spinozaning fikricha, biron-bir narsani 
bajarolmayman deb ko`ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni 
amalga oshirish g`oyat mushkul bo`lib qoladi. Shunday ekan, hayotdagi 
har bir bajarayotgan ishimizning faqat yaxshi tomonini o‘ylashimiz lozim. 
Yaxshi niyat – yarim davlat, deb bejizga aytilmagan. Har bir ishga qol 
urishdan avval yaxshi niyat bilan qilish kerak (51 ta so‘z).
NIMA YAXSHI-UY NIMA YOMON 
Bir donishmanddan so‘radilar: 
- Dunyoda inson uchun eng yaxshi narsa nima-yu, eng yomon narsa 
nima? 
Donishmand javob berdi: 
- Dunyoda inson uchun eng go‘zal narsa go‘zal axloq, tarbiya, shu 
go‘zal xislatlar bilan nom chiqarishdir. O‘limdan ham battar yomon narsa 
esa tarbiyasizlik va yalqovlik bilan shuhrat qozonishdir (46 ta so‘z). 
 
 


31 
DONOLAR O‘GITI 
Luqmoni hakim o‘g‘liga nasihat qilib aytibdi: 
- Aziz o‘g‘lim, bir odam senga tili burro ekani bilan maqtansa, sen 
ham so‘zli ekaning va kerak joyda sukut qilishing bilan maqtan. Aqli 
komil bo‘lgan kishi qisqa va ma’noli so‘zlaydi. O‘g‘lim, sen ham so‘zlash 
payti va sharoitini topib, oz va kerakli so‘zlarni so‘zla, mahmadonalik 
qilma (51 ta so‘z). 
 
MASAL 
Bir kuni Til duduqlana-duduqlana Tishga debdi: 
- Nega tishlaysan? 
- Uchingdan ozginasini uzib tashlamoqchi edim-da, - deb javob qilibdi 
Tish. 
- Nima uchun? Gunohim nima? 
- Shuning uchunki, ko‘ringanga zahringni sochasan. Barcha sendan 
bezor. Sal qisqartitib qo‘ysam, zora zahringni kamroq sochib, shirinroq 
bo‘lsang. 
Qissadan hissa: Tilning zahari – joning azobi (49 ta so‘z). 
 
ATIRGUL 
Bir donishmanddan shogirdlari so‘rashibdi: 
- Yoshlikni nimaga o‘xshatish mumkin. To‘g‘ri o‘tkazilmagan yoshlik 
davri qanday natija beradi? 
Donishmand shunday javob beribdi:
- Yoshlik davri atirgulga o‘xshaydi. Shu guldan kerakligicha 
foydalanmay, uni ezib yanchgan kishi qariganda tikanga aylanadi (37 ta 
so‘z). 
KIM KUCHLI? 
Qadim zamonlarda uchta sarkarda oralaridan kim kuchliroq ekanini 
sinab ko‘rmoqchi bo‘lishibdi. Buning uchun ular shogirdlarini 
chaqirishibdi. Har bir sarkardaning shogirdlariga navbat bilan ustoziga 
toshlar otib turishni buyurishibdi. Birinchi sarkarda uchib kelayotgan 
toshlarni ustalik bilan qaytaribdi. Ikkinchi sarkarda ustalik bilan toshlarga 
chap beribdi. Uchinchi sarkardaga esa birorta ham shogirdi tosh otmabdi 
(50 ta so‘z). 
 
ILLAT 
Bir donishmand shogirdlariga nasihat qilibdi: Illatlarga qarshi 
kurashar ekanmiz, bir tomondan, illatni bahona qilib hayotimizni 


32 
qoralashga urinadigan kishilarga yo‘l bermasligimiz kerak. Avvalda 
dimiqib qolgan va endi ochiq havoda xursandligidan o‘ynoqlab "polizni 
buzadigan" kishilarni tanqid qilishimiz zarur. Ikkinchi tomondan, illatlarga 
qarshi kurashda bizga xalal beradigan kishilarga zarba berishimiz kerak... 
(48 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin