SOG‘LOM TANDA – SOG‘ AQL Kishi sog‘lom bo‘lishi uchun sport bilan shug‘ullanishi lozimligini
hamma yaxshi biladi.
Men ham shunga amal qilaman. Har tong badantarbiya qilaman.
Yugurish-jon-u tanim. Hovlida maxsus burchak tashkil etganman. U yerda
turnikda tortilaman, tosh ko‘taraman.
Men kurash bilan shug‘ullanaman. Ilgari yunon-rim kurashi, erkin
kurash, sambo bo‘yicha musobaqalarda qatnashardim. Yaqinda milliy
kurashimiz bo‘yicha shahar birinchligida g‘olib bo‘ldim. Kurash nafaqat
jismoniy, balki ma’naviy kuch manbai ham.
Oilamizda hamma sportchi. Dadam og‘ir atletikachilar. Oyim badiy
gimnastika bilan shug‘ullanganlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oilamizda
hech kim hech qachon kasal bo‘lmaydi (80 ta so‘z). “BAXTLI BO‘LSAYDI…”
Yo‘l yoqasida bir gadoy tilanchilik qilib o‘tirar edi. Bir odam uning
yonidan o‘tib keta turib, gadoyning yelkasiga musht tushirdi va yo‘lida
davom etdi. Gadoy uning orqasidan qarab:
- Baxtli bo‘l! – dedi.
Buni ko‘rib turgan yo‘lovchi:
- U seni ursa-yu, sen unga baxt tilasang, bu qanaqasi? – deb so‘radi.
Shunda tilanchi:
- Agar u baxtli bo‘lganida edi, meni urmasdi! – deb javob berdi (60 ta so‘z). ARI VA CHUMOLI Bir ari mashaqqat bilan bir donni tashib ketayotgan chumolini ko‘rib
unga aytibdi:
- Ey chumoli, nega buncha mashaqqatni ixtiyor etding? Kel, yaxshisi
mening yeyish-ichishimga bir qara. Men xohlagan yerimga qunaman,
xohlagan ovqatimni yeyman. Sen bo‘lsang, bitta don uchun shuncha
mashaqqat chekasan, - dedi-da uchib borib bir qassobning sotib turgan
go‘shti ustiga qo‘ndi. Qassob pichoq bilan bir urgan edi, u ikki nimta
bo‘lib yerga tushdi. Chumoli darov kelib uning oyog‘idan tishlab uyasiga
olib keta boshladi. Shunda ari:
- Meni qayerga olib ketayotirsan? – deb so‘radi, chumoli:
36
- Mehnatsiz tekin tomoqlikning balosiga mubtalo bo‘lganning holi
shunday kechadi, oxiri borib o‘zi-o‘ziga yem bo‘ladi, - deb javob berdi
(100 ta so‘z).