6
7. Diktant matnidagi so‘zlar soni sinflar kesimida quyidagicha bo‘lishi
ma’qul.
Ona tili fanini o‘rganishning tayanch darajasi uchun
Sinflar
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
O‘quv yili boshida
10
20
40
60
70
80
100
120
140
O‘quv yili oxirida
20
40
60
70
80
100 120
140
160
Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi uchun
Sinflar
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
O‘quv yili boshida
20
40
60
70
80
100 120
140
160
O‘quv yili oxirida
30
50
70
80
100
120 140
160
180
E s l a t m a:
1. Bog‘lovchilar, ko‘makchilar, ayrim yoziladigan yuklamalar alohida
so‘z hisoblanadi.
2. Sinfning umumiy tayyorgarligi va boshqa sabablarga ko‘ra,
matndagi so‘zlarning soni orttirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Diktant matni hammaga tushunarli qilib o‘qib beriladi. Diktant uchun
bog‘lanishli matn tanlangan hollarda oldin butun matn o‘qiladi. Uni biror
o‘quvchiga so‘zlatish, ba’zan
oldin uning rejasini tuzdirish, sarlavha
toptirish ham mumkin.
Matn gapma-gap o‘qib berilishi kerak. Agar gap uzun bo‘lsa, uni
sintagma holida o‘qib berish ham mumknn. Bunda gap oldin to‘la o‘qib
beriladi. So‘ngra qismlar 2-3 marta qaytariladi. Lekin o‘quvchilarni bir
o‘qishdayoq yozishga odatlantirib borish zarur. Diktant matnini ayrim-
ayrim so‘zlarga bo‘lib, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib
aytib borish aslo
mumkin emas.
Diktant vaqtida yozishga ulgurmay qolgan o‘quvchiga tanbeh berish
uning ruhiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun o‘qituvchi diktant vaqtida
biror o‘quvchining ham orqada qolmasligiga erishishi kerak. Agar biror
o‘quvchi
orqada qolsa, u bir-ikki gapni tashlab, davomini yozavergani
ma’qul. Uquvchilarning diktant vaqtida u yoki bu so‘zning yozilishiga oid
savol berishiga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak. Diktant yozib bo‘lingandan
so‘ng, o‘qituvchi matnni yana bir marta o‘qiydi,
yozganlarini yana bir
marta ko‘rib chiqishlari uchun o‘quvchilarga 3-4 daqiqa vaqt beriladi.
7
Bunda o‘quvchi matnga ongli munosabatda bo‘lib, xatolarini topishga
urinadi.
Diktant o‘quvchilar tomonidan tekshirib chiqilgach, tezda yig‘ib
olinadi.
Diktantni to‘g‘ri o‘tkazishda uni diktovka qilish sur’ati ham o‘ziga xos
ahamiyatga ega. 5-sinf o‘quvchisi bir daqiqada 4-5 so‘z, 6-sinf o‘quvchisi
5-6 so‘z, 7-8-sinf o‘quvchisi esa 7-8 so‘z yoza oladi.
Diktovka vaqtida
o‘qituvchining ovozi normal, hammaga eshitiladigan bo‘lishi kerak.
Diktantning mustaqil yozilishini ta’minlash uchun parta ustida hech
qanday qo‘llanma («Imlo lug‘ati», “Darslik" va boshqalar) bo‘lmasligi
zarur. O‘quvchilar qaysi qoida yuzasidan diktant o‘tkazilishini oldindan
bilishlari kerak. Bu o‘quvchilarga qoidalarni
yana bir qaytarib chiqish
imkonini beradi.
O‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqini o‘stirishda diktantning
ahamiyati katta. Chunki o‘quvchi diktant yozayotganda xato qilmaslik
uchun orfografik va punktuatsion qoidalarni eslashga harakat qiladi.
Ba’zi metodik qo‘llanmalarda diktant bir necha xil bo‘ladi:
Diktantlar qo‘llanishiga ko‘ra:
a) eshitishga asoslangan diktanlar;
b) ko‘rishga asoslangan diktantlar.
Dostları ilə paylaş: