D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

ETIKDO‘Z VA SHOGIRDLARI 
Mohir etikdo‘zning ikki nafar shogirdi bor ekan. Biri juda 
mas’uliyatli, intiluvchan bo‘lib, ustozining o‘gitlariga to‘liq amal qilarkan. 
U ustozining izidan borib, odamlar uchun mustahkam, chidamli poyafzal 
tikibdi. Odamlar undan minnatdor bo‘libdi. 
Ikkinchi shogirdi sinchkov va qiziquvchan ekan. U ustaning 
harakatlarini sinchiklab kuzatar, har bir so‘zini qalbiga muhrlar ekan. 
Ko‘pincha savollar berar, ayrim hollarda o‘zi javob topishga harakat 
qilarkan. U ustoziga taqlid qilishga intilmabdi, har bir oyoq kiyimni o‘ziga 
xos tarzda tikibdi. U ustalarga xos yo‘l tutib: har bir buyurtmachining oyoq 
o‘lchamini olib, uning talablari, didi, yoshiga qarab poyabzal bichar va 
tikarkan. Hamma minnatdor bo‘libdi (80 ta so‘z). 
 
KALAVANING UCHI 
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, och ekan-u to‘q ekan. Qadim zamonda 
uch kishi yashagan ekan. Birining ismi Kimdir, ikkinchisining ismi Har 
kim, uchunchisining ismi Hech kim ekan. 
Bir kuni ular katta muammoga duch kelishibdi. Har kim muammoni 
Kimdir yechadi deb o‘ylabdi. Ammo Hech kim hech narsa qilmabdi. 
Vaholanki muammodan qutulish uchun Har kim chora topishi mumkin edi 
(60 ta so‘z). 
KO‘Z NURI 
Dunyoda bir kishi yasharkan. Uning sodiq do‘sti – vafodor iti bor 
ekan. Boshiga tashvish tushib, ko‘zi xiralasha boshladi. Kun sayin ko‘z 
nuri so‘nib, ko‘rmay qolibdi. Shunda uning iti yordamga kelibdi. Vafodor 
it uni sayrga olib chiqar, uyida kerakli narsalarni topib berar ekan. 
Odamzod itidan minnatdor ekan.
Bir kuni itning hayoti uzilibdi. Taqdirga tan berib o‘zi harakatlanibdi. 
Ko‘zini zo‘riqtirib, ko‘rishga intilibdi. Nihoyat ko‘ra boshlabdi. Shunda 
odamzod uning ko‘rishini kechiktirgan itidan norozi bo‘libdi (70 ta so‘z). 
 
O‘ZINGDAN BOSHLA 
Bir odam dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘libdi. U atrofiga nazar solib, 
hayratga tushibdi. Dunyo shunchalik kata ekanki, inson ummondagi 
xaschalik ekan. 
Shunda odam o‘z shahrini o‘zgartirmoqchi bo‘libdi. Lekin shahar ham 
kata ekan, inson esa kichkina. Shunda odam o‘z oilasini o‘zgartirmoqchi 
bo‘libdi. Lekin oilasi ham kata ekan, u bir o‘zi, bolalari esa o‘n nafar. 


38 
Shunda odam faqat o‘zinigina o‘zgartirishga yetarli kuchga egaligini 
tushunibdi. Shu yo‘l bilan u dunyoni o‘zgartirishga hissa qo‘shishiga amin 
bo‘libdi (70 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin