D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
OJIZ 
Hindistonlik bir donishmand o’g’liga nasihat qilibdi: ”Aziz o’g’lim, 
Ming ketmon urishga, tog‘ni qo‘porib tashlashga qodir odam bir ketmon 
urib qo‘yib kerilmaydi, o‘zini yelpimaydi, tahsin va ofarin kutmaydi. Bir 
ketmon urib, tahsin va ofarin umidida atrofga qaragan odam shu bilan 
ikkinchi ketmonni urishga ojizligini ko‘rsatadi. 
Qo’lingga kirmagan yoki qo’lingdan ketgan narsa uchun qayg’urma. 
Har yerda kurakda turmaydigan behuda so’zlar so’zlab yurishdan yiroq 
bo’l. Nokas, qurumsoq kishidan qarzdor bo’lma. U bilan aslo muomala 
qilma, keyin pushaymon qilasan. Sharm-hayosiz va baxil kishi bilan 
suhbatdosh bo’lma, yaramas odamlar bilan qo’shni bo’lmaslikka harakat 
qil. O’z Kuching orqasidan non topib yegil, tekinxo’rlikka o’rganma. 
Olijanob mard odamlar bilan suhbatdosh bo’lsang, yaxshilik bilan nom 
chiqarasan. Maqtanchoq va ezma odamlardan hazar qil… (113 ta so’z).
 
CHO‘LPON 
Asl ismi-sharifi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1883 yilda 
Andijonda tug‘ilgan. O‘zbek shoiri, tarjimoni va san’atshunos olimi. 
Cho‘lpon - uning adabiy taxallusi. U avval madrasada, keyin rus-tuzem 
maktabida ta’lim olgan. 
Cho‘lpon bir qator ro‘znomalarda xizmat qilgan. O‘zbekiston badiiy 
studiyasi va boshqa tashkilotlarda yuqori lavozimlarda ishlagan. 
Cho‘lpon ajoyib shoir, mohir tarjimon va adib edi. 1929 yilda uning 
“Kecha va kunduz” asari bosilib chiqdi. 
1927 yildan Cho‘lponga hujum boshlandi. O‘zbekiston madaniyat 
xodimlari 2-quriltoyida uni zaldan haydab chiqarishdi. 


42 
1938 yil shoir qatl qilindi. Istiqlol yillarida o‘zbek xalqining munosib 
farzandi qadr – qimmat topdi (88 ta so‘z). 
 
MUHAMMAD YUSUF 
Muhammad Yusuf XX asr oxiri o‘zbek she’riyatida o‘z so‘zini ayta 
olgan shoirlardan biri edi. Ayniqsa, uning qatag‘on qurbonlari Cho‘lpon, 
Qodiriylarni yod olib yozgan she’rlari o‘sha yillari xalq qalbidan chuqur 
joy egalladi. 
Muhammad Yusufning odamiylik, sevgi va vafoni ulug‘lovchi 
ko‘plab she’rlari kuyga solinib, xalqimiz sevgan qo‘shiqlarga aylandi. 
Shoir she’rlari sodda va ravon til bilan yozilgan. Uning ijodida xalq 
qo‘shiqlaridagi kabi ohangdorlik bor. 
Istiqlol yillari Muhammad Yusuf Vatanni madh etuvchi bir qator 
she’rlar yozdiki, ularga kuy bastalanib, katta-katta bayramlarda ijro etilib 
kelindi (82 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin