D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
TOSHKENT METROSI 
Toshkent metrosi 1973-yilda qurila boshlandi. Uning birinchi 
yo’nalishining birinchi qismi 1977-yil 6-noyabrda qurib bitkazilgan. Uning 
uzunligi 12,2 km. Bu yo’nalishning 3 bekatdan iborat. Ikkinchi qismi 
1980-yil 18-avgustda ishga tushdi. Bu qismning uzunligi 4,6 km. Shunday 
qilib, birinchi yo’nalish 12 ta bekatdan iborat. 
Metroning har bir bekatining bezagi bekat nomining mazmunidan 
kelib chiqib bajarilgan. 1981-yilda ikkinchi yo’nalishning birinchi qismi: 
Toshkent bekatidan Navoiy bekatigacha 5 ta bekat qurilishi boshlandi. 
Uning uzunligi 5,5 km. 
Hozirgi kunda metro qurilishi to’xtatilgani yo’q: endi metroning 
uchinchi yo’nalishidagi birinchi qismi ishga tushib, ikkinchi qismining 
qurilishi bo’yicha ish olib borilmoqda (98 ta so’z). 
NOSHUD 
Bolaligimda bir kartina ko‘rgan edim. Bosh rolni Charli Chaplin 
o‘ynagan edi, shekilli. Qahramon noshud, notavon - hech ishga yaramaydi. 
Nihoyat, bir qarindoshi uni o‘t o‘chirish komandasiga ishga oladi. 
– Bu yerda nima ish qilaman? - deb so‘raydi qahramon.
– Mana buni ushlang, - deyishadi unga, - qayerda o‘t yo tutunni ko‘rib 
qolsang, dod solib suv sepaverasan. Qahramon shu ishga yaraydi, lekin 
uning oldida na chiroq yoqib bo‘ladi, na papiros chekib - dod solib suv 


43 
sepaveradi. Farosatda shunga teng keladigan insondan xudo saqlasin! (82 
ta so’z). 
 
GYOTE 
Aslida Gyote kattalarning shoiri va uning nomi jahonning Shekspir, 
Bayron, Pushkin, Gyugo kabi klassiklari qatorida turadi. Hatto, uni 
olmonlarning Navoiysi desak ham bo‘ladi. Shoirning «Faust», «G‘arbu 
Sharq devoni» singari katta she’riy asarlari, «Yosh Verterning iztiroblari», 
«Vilgelm Meysterning o‘qish yillari» nomli nasriy asarlari, «She’riyat va 
haqiqat» degan tarjimai hol, ayni chog‘da she’r va hayot tadqiqiga oid 
katta kitoblari ikki asrdan beri o‘quvchilar qo‘lidan tushmay keladi. Har 
qanday buyuk ijodkor asar yaratarkan, yosh kitobxonlarni ham nazaridan 
chetda qoldirmaydi. Gyote ham bundan mustasno emas (81 ta so’z).  

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin