8
matndagi tahlil etilishi, ta’kidlanishi lozim bo‘lgan so‘zning yozilish
imlosi tushuntiriladi.
IZOHLI YOZUV
O‘qituvchi izohlanuvchi so‘z yoki gaplarni
adabiy til talaffuzi
shakllariga
muvofiq
aytib
beradi,
o‘quvchilar uni yozadilar.
O‘quvchilardan biri o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ma’lum bir so‘zning
yozilishini izohlaydi. Masalan, sifat yasovchi qo‘shimchalarning imlosini
mustahkamlash uchun izohli yozuv o‘tkazish mumkin:
Chavandozlar
chopqir otlarga mindilar.
O‘ q i t u v ch i: —
Chopqir so‘zining qanday yozilganligini izohlab
bering.
O‘ q u v ch i: —
Chopqir so‘zida asos —
chop. Bu so‘z jarangsiz
p
undoshi bilan tugagan. Jarangli tovush bilan tugagan fe’l negizlariga
-gir, -
g‘ir, jarangsiz tovush bilan tugagan fe’l
negizlariga esa -kir, -qir
qo‘shimchalari ko‘shiladi. Shunnng uchun sifat yasovchi qo‘shimchani
-
qir shaklida yozdim.
O‘quvchi orfogrammani noto‘g‘ri izohlasa yoki izohlay olmasa,
boshqa
o‘quvchidan so‘raladi. Agar o‘quvchilarning ko‘pchiligi
ko‘rsatilgan orfogrammani to‘g‘ri izohlay olmasa, o‘qituvchi
mazkur
orfogrammani takrorlaydi.
Izohli yozuv mashg‘ulotida topshiriq dastlab ilg‘or o‘quvchilarga
beriladi. Keyinchalik esa har bir o‘quvchining, ayniqsa, yaxshi
o‘zlashtirmovchi o‘quvchining yozuvini kuzatib borish maqsadga
muvofiqdir.
Izohli yozuv dastlab sekin olib boriladi: o‘quvchilar ko‘rsatilgan
so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish, ularning imlosini izohlash
va shu paytning
o‘zida uni yozishga qiynaladilar. Keyin-keyin o‘quvchilarning bu sohadagi
malakasi mustahkamlanib, ish sur’ati tezlashtiriladi.
Izohli yozuv uchun darsning 5-10-daqiqasi ajratiladi.
Izohli yozuvda matn qisman emas, to‘laligicha izohlanishi ham
mumkin. Bunda oldin o‘tilgan orfogrammalarni eslash lozim bo‘lgan
matnlar
ham
olinadi.
Masalan,
qaratqich
kelishigi
va
egalik
qo‘shimchalarining yozilishini mustahkamlash
maqsadida izohli yozuv
o‘tkazish mumkin.
O‘qituvchi: - Daftaringizga yozing:
Paxta xalqimizning eng qimmatli
boyligidir.
- Zulfiya, bu gapdagi so‘zlarni qanday yozganligingni izohlab ber.
9
-Zulfiya: -
Xalqimiz qaratqich kelishigida kelgani uchun -
ning yozdim;
boylik so‘ziga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, so‘z oxiridagi k undoshi
g tarzida aytiladi va shunday yoziladi.
Ko‘rinadiki, izohli yozuv o‘quvchilarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatish
bilan birga, ularda to‘g‘ri talaffuz qilish malakasini ham o‘stiradi.
Bunda
o‘quvchilarning xotirasi ko‘chirib yozishdagidan ko‘ra yaxshi rivojlanadi.
Izohli yozuv ayni vaqtda o‘quvchilarning nutqini ham o‘stiradi.
Dostları ilə paylaş: