D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
BETAKROR MO’JIZA 
Qadimda bir ayolni dorga osmaqchi bo’ldilar. Undan oxirgi tilagini 
so’rashibdi. Ayol igna bilan ip keltirishlarini so’rabdi.
- Nega igna bilan ip so’rayapsan? O’layotgan odamga igna bilan ip 
nega kerak? - so’rashibdi podshoh va mulozimlar. 
Ayol esa:


49 
- Ko’ylagimning etagi yirtilib qolibdi. Shuni tikib olmoqchiman. Toki 
yonimdan o’tib ketayotgan ustimdan kulmasin. Sharm-xayoli bo’lib 
o’lmoqchiman, - debdi. 
Ayol ollohning betakror mo’jizasi. Ayol sirli bir kitob, varaqlaganing 
sari qizig’i chiqaveradi. Yil fasllari faqat 4 ta, ayolning esa 1001 ta fasli 
bor. Uni butkul tushinib yetgan yo’q bu jahonda. Uni tomosha qilib 
zerikkan inson yo’q bu jahonda. Unga ishi tushmagan kishi yo’q. Ayolni, 
onani tushunishning o’zi bir olam. Bu ilmga yetishganlar qancha ko’paysa, 
baxtli onalar shuncha ko’payajakdir (113 ta so’z)
 
ILM 
Ilm deb, o‘qish va yozishni bilish, har bir kerakli narsalarni 
o‘rganmoqqa aytiladi. Ilm – dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm 
inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o‘z 
ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatadi. Zehnimizni, fikrimizni 
qilich kabi o‘tkir qiladi. Savobni gunohdan, halolni haromdan, pokni 
nopokdan ajratib beradi. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Chunki 
ilmsiz kishilar ota-onasiga, qarindosh-urug‘iga, yor-do‘stiga, din va 
millatiga foyda yetkazmoq bir yoqda tursin, o‘ziga lozim bo‘lgan toat-
ibodatni ham loyig‘icha qila olmaydi. Ilmning foydasi shu qadar ko‘pki, 
ta’riflagan bilan ado qilish mumkin emas. Bizlarni jaholat qorong‘uligidan 
qutqaradi. Madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarib, yomon 
fe’llardan, bema’ni ishlardan qaytaradi. Yaxshi xulq va adab sohibi qilib, 
Alloh taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttiradi. 
Payg‘ambarimiz: “Ilmga amal qiluvchilardan bo‘lingiz, naql va 
rivoyat qiluvchilardan bo‘lmangiz”, - deganlar: 
Ilm bir daryo – ichi to‘lmish duru gavhar bilan
Qiymatu qadrini qachon bilgan oni jahil yilon. (120 so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin