D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
DONO QIZ 
Bahrom o‘zining go‘zal kanizagi Fitna bilan kiyik oviga chiqdi. Ov 
vaqtida Bahrom bir kiyikni shunday ustalik bilan otadiki, bundan o‘zi ham 
bag‘oyat hayratga tushadi. Bahrom kanizagiga ko‘z tashlaydi, ammo uning 
hayratlanmaganligi Bahromni darg‘azab etadi. U o‘z sarkardasiga 
kanizakni o‘ldirishni topshiradi. Qiz sarkardaga ko‘p yolvorib iltijo qiladi, 
shuning uchun u Fitnani shahardan tashqaridagi hovlisiga eltib qo‘yadi. 
Fitna har kuni u yerda bir buzoqchani zinadan ko‘tarib boloxonaga 
boqqani olib chiqadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tadi va haligi kichik 
buzoqcha bahaybat navvosga aylanadi, lekin Fitna odatdagidek uni hech 
qiyinchiliksiz zinalardan ko‘tarib chiqishda davom etaveradi. 
Bir kuni sarkarda ovdan qaytayotib Bahromni o‘z oromgohiga taklif 
qiladi. Yuqorida aytilgan voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan shoh hayratga 
keladi va Fitnani topib uzr so‘raydi hamda unga uylanadi (120 ta so‘z). 
 
SOFDIL VAZIR 
Eshitdimki, bir podshoh bir asirni o‘ldirishga farmon beribdi. Sho‘rlik 
asir hayotdan umidini uzibdi va podshohni boplab so‘ka boshlabdi, chunki 
kishi jonidan umidini uzsa, ko‘nglida borini bayon etadi. 
Podshoh: «U nima deyapti?» deb so‘radi. Sofdil vazirlardan biri: «Ey 
podshohi olam, har kim g‘azabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan 
o‘tadi deyapti, – deb javob beribdi. 


54 
Podshohning ramni kelib, asirni afv etibdi. Sofdil vazirni ko‘ra 
olmaydigan ikkinchi vazir gapga aralashdi va vazirlar podshoh huzurida 
faqat rost so‘zlashlari lozimligini aytdi: «Bu asir podshohni haqorat qildi 
va sha’niga yomon gaplar aytdi»,– debdi. Shunda podshoh jahl bilan 
debdi: «Sen aytgan rost gapdan ko‘ra uning yolg‘oni menga ko‘proq 
ma’qul tushdi, chunki uning yolg‘oni xayrixohlik yuzasidan aytilgandi. 
Seniki esa jinoyatga boshlash uchun aytildi» (Sa’diy)(115 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin