D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
MADANIYLIK 
Madaniylik, 
shirinsuxanlik, 
ko‘ngilxonlik 
inson 
husnining 
shartlaridandir. Bularsiz insonda na go‘zallik boru va na abadiylik. 
Darhaqiqat, har bir odam xulq-atvori, xatti-harakati, yurish-turishi, o‘zini 
tutishi, demak, madaniy saviyasi jihatidan el orasida yo yaxshi, yo yomon 
nom qoldiradi. Hurmat bilan tilga olinishi ham, nafrat bilan yuz 
o‘girilishiga ham odamning o‘zi sababchi. Odam bolasi esa dunyoda faqat 
yaxshi otliq bo‘lish uchun, ya’ni yaxshi fazilati, adolati, madaniyati bilan 
boshqalarga ibrat bo‘lish, boshqalarni yaxshi yo‘ldan ergashtirib borish 
uchun keladi.
Yaxshi fazilat shunday narsaki, uni odam hayotining ma’naviy 
xazinasi desa bo‘ladi. Bu xazinada inson husnining durdonalari saqlanadi. 
Bu durdonalarni har bir odam o‘zi bitta-bittadan terib, husn xazinasiga 
keltirib to‘kadi. «Inson» deganda biz shu ma’naviy boylik xazinasining 
ajoyib sohibkorlarini tushunamiz (M.Ismoiliy «Inson husni»)(116 ta so‘z). 
 
QUSHLAR HAM «VATAN» DEYDI 
O‘shanda bahorning go‘zal kunlaridan biri edi. Buvimlarnikiga 
bordim. Ayvonda uya qurgan ikki qaldirg`ochga ko‘zim tushdi. Bolalari 
ham bor ekan. Ularning harakatlarini kuzata boshladim. Buvim esa 
qaldirg`ochlarga qiziqib qolganimni ko‘rib, ular haqida so‘zlay boshladi. 
Qaldirg`ochlar bu yerga in qurganlaridan so‘ng, yana ularning jajji 
bolachalari tug`ilganini, ota qaldirg`och azonlab uchib ketib, kech qaytishi, 
ona qaldirg`och uyasidan uzoqqa bormay, yaqin oradan bolalariga yegulik 
olib kelib berishi haqida aytib berdi. Men esa o‘sha kungi kuzatishlardan 
so‘ng qaldirg`ochlar xuddi buvim aytganidyek, hayot kechirishiga amin 
bo‘ldim.
Yoz boshlandi. Bir necha kunga yana buvimlarnikiga bordim. Qiziq, 
qaldirg`ochlar yo‘q-ku. Buvim yozda qaldirg`ochlar boshqa o‘lkalarga 
ketishini, ammo tez-tez kelib uyalarini ko‘zdan kechirib ketishini aytdilar. 
O‘z uyini sevish, uni vatan deb bilish faqatgina odamzotga xos xususiyat 
emas (Zilola Rustamova)(118 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin