60
Ibrohim Mo`minov
kabilarga hujum qiladilar, ularning ruhini ta'qibga
oladilar.
Ammo xalq ularni, o`z bolalarini, ko`ksiga yashiradi: dushmanlar
Cho`lpon she'rlarini gulxanda yoqadilar, bilmaydilarki, bu she'rlar
allaqachonlar xalq ko`ksida O`rxun-Enasoy toshlariga zarblangan
bitiklardek abadiy muhrlangan. Bu ko`kraklarni ochadigan kalit - e'tiqod,
bu e'tiqod - Vatan ishqi, Vatan ozodligi!
(130 ta so‘z).
ONA
Ona! Bu hayot kabi abadiy va aziz so‘z. Bu so‘zda
olam-olam
ma’no bor. Ona borki, odam bor; ona borki, Vatan bor.
Zero Ona kabi
muqaddas va tabarruk, aziz va mo‘tabar, beg‘araz va beminnat inson bu
yorug‘ olamda topilmaydi. Ona uchun o‘z farzandlarini tarbiyalashdan,
voyaga yetkazishdan buyuk baxt bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ham ona
farzandi uchun har qanday qiyinchiliklarga
bardosh beradi, chidaydi,
farzand uchun chekilgan bu nihoyasi yo‘q kulfat, mashaqqatlardan xafa
bo‘lish o‘rniga, aksincha, o‘zini baxtiyor his etadi.
Hadisi sharifda
aytilishicha: “Musoviya ibn Xayida aytadilarki, Rasulullohdan: “ Ey,
Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?” – deb so‘radim.
“Onangga”,- dedilar. Men shu savolni uch marta qaytarsam ham,
Rasululloh: “Onagga”, - deyaverdilar. To‘rt marta so‘raganimda “Otangga
va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga”,- dedilar.
Darhaqiqat, go‘dakni qalbida to‘qqiz oy ko‘targan, dunyoga
keltirgan, tarbiyalab inson darajasiga ko‘targan - bu Ona!
Bejiz
aytilmagan, “Onani bir qo‘li beshikni, bir qo‘li dunyoni tebratadi” deb.
Ona qo‘li nafaqat dunyoni, bunyodkorlikni, hayotni tebratadi (
130
ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: