D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
NOQOBIL O’G’IL 
Bir yigit o‘z otasini haqorat qilib urganini ko‘rgan odamlar 
nafratlanib, u odobsiz o‘g‘ilga hujum qilmoqchi bo‘ldilar. Yigitning otasi 
odamlarni to‘xtatib: 
Birodarlar, o‘g‘limga hujum qilmang, bu ishda o‘glim emas, o‘zim 
aybdorman. Yigitlik vaqtimda kunlardan bir kun xuddi mana shu yerda 
otamni haqorat qilib urgan edim. Otamga qilgan odobsizligim jazosini endi 
ko‘rib turibman, otamga qanday muomala qilgan bo‘lsam, bugun 
o‘shanday muomala o‘z o‘g‘limdan qaytdi. Nimani eksang, shuni o‘rasan, 
deb juda to‘g‘ri aytganlar. Men ota-onamni hurmat qilmadim, dillarini 


61 
og‘ritdim, u muborak zotlar mendan norozi bo‘lib ketdilar, endi o‘g‘lim 
aybdor emas, birodarlar, ayb o‘zimda, - deb o‘ksinib-o‘ksinib yig‘ladi. 
Yigit otasining so‘zlaridan ta’sirlanib, dod-faryod qilib ko‘z yoshlarini 
to‘kdi. Darhol otasini quchoqlab, o‘pib, undan uzr so‘radi. Ota emasmi, u 
ham o‘g‘lining gunohini kechirdi, uning ko‘z yoshlarini artib, quchog‘iga 
olib erkaladi. Bu voqeaning guvohi bo‘lgan xalq ham ta’sirlanib, 
ko‘zlariga yosh oldilar (135 ta so’z). 
 
SO‘Z QUDRATI 
So‘z benihoya qudratli narsa. Uni o‘z o‘rnida ishlata bilish uchun 
farosat, malaka va ziyraklik zarur. «Qobusnoma»da shunday bir hikoyat 
bor. Xalifa Xorun ar-Rashid tush ko‘radi. Tushida barcha tishlari to‘kilib 
ketgan emish. Xalifa tushni ta’bir qiluvchidan tushining ma’nosini 
so‘raydi. U shunday deydi: «Sendan oldin barcha yaqinlaring, qarindosh-
urug‘laring o‘ladi. Sendan boshqa hech kim qolmaydi. Bu so‘zni eshitgan 
Xorun ar-Rashid: «Sen mening yuzimga bunday qayg‘uli so‘zni aytding. 
Mening barcha qarindosh-urug‘larim o‘lsa, so‘ngra men qanday ishga 
yarayman-u qanday yashayman?” – dedi darg‘azab bo‘lib va unga yuz 
darra urishni buyuradi. Keyin boshqa bir ta’birchini chaqirib, undan 
tushining ma’nosini so‘raydi. U bunday deydi: «Sening umring barcha 
qarindoshlaring umridan uzun bo‘ladi». Shunda Xorun ar-Rashid: «Barcha 
aqlning yo‘li birdir va ikkala ta’birning negizi bir yerga boradi, ammo bu 
ibora bilan u iboraning orasida farq bag‘oyat ko‘pdir», – deydi va unga 
yuz tillo berishni buyuradi. (134 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin