64
ta’ziya marosimlaridan sira qolma, do‘st-u birodar va umuman odamlarga
g‘amxo‘r, hamdard bo‘l, shunda qalbing hamisha charog‘on bo‘ladi,
chehrangdan quvonch arimaydi, yaxshilik nashidasidan o‘zing ham
halovat qilasan, deb pand-u nasihat bergan bo‘lur edik.
(Sh. Orifiy) (132 ta
so‘z).
DIPLOMATIYA
Diplomatiya – xorijiy davlatlar bilan aloqa qilish, ikki va undan ortiq
davlatlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdir.
Sharqda diplomatik aloqalar azaldan mavjud bo‘lgan. Bunday aloqalar
diplomatik yozishmalar asosida amalga oshirilgan.
Yozishmalar yorliqlar
deb atalgan va o‘ziga xos lisoniy qoliplarga, an’anaviy tarkibiy qismlarga
ega bo‘lgan. Jumladan, 1393- yilda To‘xtamishxonning
polyak qiroli
Yagayloga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning (1397- y.) yorliqlari,
Boburning otasi Umarshayx Mirzoning 1469- yildagi yorliqlari diplomatik
yozishmalarning namunasidir.
Diplomatik nutqning eng yorqin namunasi –
Amir Temur
yozishmalaridir. Sohibqiron diplomatiyasi ko‘p qirrali bo‘lgan. XIV asr
oxiri – XV asr boshlarida Temur saltanatining dovrug‘i
Yevropa
mamlakatlari: Fransiya, Angliya,
Ispaniya, Genuya, Vizantiyaga yetib
borgan. Bu davlatlar qirollari Amir Temur bilan siyosiy, iqtisodiy va savdo
aloqalarini o‘rnatganlar. Temur ular
bilan faol siyosiy va savdo
munosabatlarini olib borgan.
Amir Temur davlatining tashqi siyosati va jahonda tutgan mavqeyini
diplomatik yozishmalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, albatta.
(B. Ahmedov,
«Amir Temur»)(133 so’z).
Dostları ilə paylaş: