D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

O‘ZBEKISTON TABIATI 
Mamlakatimiz hududida to‘rt mingdan ortiq o‘simlik turi mavjud. 
Ularning ko‘pchiligi yovvoyi, ayrimlari madaniy holda va ba’zilari 
madaniy o‘simliklar orasida begona o‘t sifatida o‘sadi. 
O‘zbekiston tabiati nihoyatda xilma-xil va go‘zaldir. Baland tog‘lar, 
lalmikor qir-adirlar, qumloq cho‘llar, suv omborlari, daryolar, serhosil 
dalalar, ko‘m-ko‘k o‘rmon va mevazor bog‘lar O‘zbekistonning ko‘rkidir. 
Cho‘llarda suvsizlikka chidamli tikanli o‘simliklar bilan bir qatorda, 
namni kam bug‘lantiruvchi saksovul daraxtlari o‘sadi. Yurtimiz tog‘larini 
boqqa qiyos qilish mumkin. Chunki bu yerlarda archa, tol, terak kabi turli 
manzarali daraxtlar bilan yonma-yon yong‘oq, bodom, yovvoyi olma, nok, 


65 
anor, do‘lana, tog‘olcha, pista kabi o‘nlab turdagi mevali daraxtlar ham 
o‘sadi. 
Insoniyat hayoti o‘simliklar olami bilan uzviy bog‘liq. O‘simliklar 
insonni to‘ydiradi, kiyintiradi, havoni tozalaydi, xo‘jalik va qurilish 
materiali bo‘ladi, tuproqni eroziyadan saqlaydi, namlikni ushlab turadi, 
tuproqni oziqlantiradi, qumloq va toshloq yerlarni serunum tuproqli ekin 
maydonlariga aylantiradi (131 ta so’z). 
ICHANQAL’A 
Ichanqal’a Xiva shahrining ramzidir. Ichanqal’a “ichki qal’a” 
demakdir. Bu nom shaharning tashqi devori qurilgach qabul qilingan.
Ichanqal’a maydoni o‘rta asrlardagi Xiva shahri maydoniga to‘g‘ri 
keladi. U mustahkam devor bilan o‘ralgan. Devorning balandligi 7-8 
metrga teng, qalinligi 5-6 metr. Shimoliy darvoza Bog‘cha darvoza deb 
ataladi va Urganch yo‘liga olib chiqadi. Sharqiy darvoza “Polvon darvoza” 
deb atalib, Amudaryo va Xazoraspga olib chiqadi. Janubiy va G‘arbiy 
“Ota darvozalar” 1920-yilda nurab ketgani sababli buzib tashlangan.1975-
yilda esa qayta o‘z holiga keltirilgan. 
Ichanqal’a ichkarisida noyob me’morchilik obidalari va hovli – joylar 
saqlanib qolgan.
Ichanqal’a devorlari asosan paxsadan qurilgan. Ba’zi orinlarda xom 
g‘ishtlar ishlatilgan. Arxeologiya tekshiruvlari davomida qal’a devorlari 
yonida qadimiy Xorazm me’morchiligining qoldiqlari topilgan. 
Bu noyob san’at durdonasi davlat himoyasiga olingan bo‘lib, uni 
ta’mirlash ishlari olib borilyapti (130 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin